Rossiya boş vaziri vazifasini bajaruvçi Dmitriy Medvedev “Yedinaya Rossiya” partiyasi deputatlari bilan uçraşuvda vazirlar mahkamasining yangi tarkibiga nomzodlarni taklif qildi.
U iqtisodiyot va moliya sohasi uçun javobgar sifatida Anton Siluanovni, ijtimoiy muhofaza, mehnat, pensiya ta'minoti va soğliqni saqlaş sohasidagi siyosatni amalga oşiriş uçun javobgar sifatida Tatyana Golikova nomzodini taklif qilgan.
Medvedev sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aleksey Gordeyevni qişloq xöjaligi böyiça, Vitaliy Mutkoni quriliş masalalari böyiça boş vazir örinbosarlari lavozimiga taklif qilgan.
Medvedev transport, aloqa, raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş masalalari böyiça javobgar lavozimiga Maksim Akimovni taklif qilgan.
U, şuningdek, Dmitriy Kozakni sanoat va energetika, Olga Golodetsni madaniyat va sport, Yuriy Borisovni mudofaa-sanoati majmuasini rivojlantiriş masalalari böyiça boş vazir örinbosarlari, Konstantin Çuyçenkoni vazirlar mahkamasi apparati rahbari lavozimlariga taklif qilgan.
Medvedev hozirça hukumatning rahbarlik tarkibi muhokama qilinayotganini aytgan. “Yedinaya Rossiya”dagi manba Medvedev vazirlar lavozimlariga nomzodlarni aytmaganini ma'lum qilgan.
Medvedev deputatlar bilan maslahatlaşuvlarni Rossiya prezidenti Vladimir Putin boş vazir lavozimiga uning nomzodini taklif qilgandan keyin boşlagan. Davlat dumasi Putinning taklifini 8 maydagi yalpi majlisda körib çiqadi.












