Bir neça ön yillik soğlom va poytaxtga çiroy bağişlab turgan daraxtlarning ayovsiz kesib taşlanayotganligiga keskin barham beriş maqsadida, mas'ul boşqarma va taşkilotlar Toşkent şahar hokimligi tomonidan qattiq ogohlantiriladi. Javobgarlikkaça tortiş çoralari köriladi. Bu haqda KUN.UZ’ga Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Toşkent şahar hokimi poytaxt aholisiga uşbu tartibsizliklarga uç kun içida barham berilişi va bunday noqonuniy harakatlarga çek qöyilişini şaxsan özi nazoratga olişini bildirgan.
“Biror joyda daraxt kesilayotganda befarq bölmagan şahrimiz aholisi buning oldini oliş maqsadida Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi işonç telefoniga 277-75-43 yoki Içki işlar idoralariga 233-71-47, 233-49-46 qönğiroq qilişlarini söraymiz! Bu bilan siz xalqimizga tegişli bölgan boylikni talon-taroj qilinişini oldini olgan bölasiz! Hurmatli hamşaharlar Toşkent şahar hokimligi sizlarni uşbu işlarda faol bölişingizni söraydi”, - deyiladi xabarda.












