08:35 / 10.05.2018
56979

O‘zbekistonlik bloger «Yoshlar» telekanalini sudga bermoqchi

Yaqinda TROLL.UZ’da ko‘zi ojiz sayohatchi - Vladimir Vaskevich haqida video e'lon qildim, deb yozadi bloger Umid G‘ofurov Facebook’dagi o‘z sahifasida.

Foto: Facebook/Umid Gafurov

Keyinchalik «Ozodlik» vakili videodan foydalanishga ruxsat so‘radi. Men bunga e'tiroz bildirmadim. Ular mening logotipimni qoldirib, manba ko‘rsatdilar.

Endi esa «Yoshlar» telekanali ushbu videoni olib, mening logotipimni xira qilib qo‘ydi va hech qanday manba ko‘rsatmadi.

Bu televideniyeda mualliflik huquqini hurmat qilish haqida bilish kerak bo‘lgan narsa. Telekanaldagilar muallifga hattoki yozishmagan ham...

Men «Yoshlar» (Yoshlar tv) telekanalidan rasmiy uzr so‘ralishini talab qilaman, aks holda sudga beraman. Men bu videoni berishga qarshi emasman. Faqatgina O‘zbekistonda mualliflik huquqini hurmat qila boshlashlarini istayman, deya xulosa qilgan Umid G‘ofurov.

Top