Bugun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasida birinçi öqişda körib çiqilgan «Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalarining qizğin bahs-munozaralari obektiga aylandi, deb yozadi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Axborot xizmati.

Ta'kidlanganidek, turizm industriyasini jadal rivojlantiriş, iqtisodiyotda uning roli va uluşini oşiriş, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qiliş va sifatini yaxşilaş, turizm infratuzilmasini kengaytiriş mamlakatimizni rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasining muhim vazifalari sifatida belgilangan.

Loyiha bilan jismoniy şaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini ijaraga beriş şartnomasini uning notarial tasdiqlovisiz bir oy muddatga huquqiy jihatdan rasmiylaştiriş masalalarini soddalaştirişni nazarda tutuvçi qöşimçalar kiritiş taklif etilmoqda. Hozirgi paytda milliy qonunçiligimiz avtomototransport vositalarini ijaraga beriş şartnomasini notarial tasdiqlaşni talab etadi.

Siyosiy partiyalar fraksiyalari, ayniqsa «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi fraksiyasi a'zolari mamlakatimizda turizmni rivojlantiriş böyiça Prezident tomonidan belgilangan vazifalardan kelib çiqqan holda mazkur qonun loyihasi normalarini takomillaştiriş zarurligiga alohida e'tibor qaratdilar.