Özbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunçiligini takomillaştiriş konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev imzolagan "Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunçiligi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarorda şunday deyiladi.
Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunçiligini takomillaştirişning asosiy yönalişlari va vazifalari etib quyidagilar belgilandi.
- jinoyat qonunçiligi normalarini unifikatsiya qiliş;
- jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillaştiriş;
- fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining ta'sirçan va işonçli muhofaza qilinişini ta'minlaş;
- jinoyat-protsessual qonunçiligi normalarini tizimlaştiriş va uyğunlaştiriş;
- jinoyat protsessida şaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini işonçli ta'minlaş mexanizmlarini takomillaştiriş;
- jinoyat protsessining yangi şakl va tartib-taomillarini kiritiş.
Zamonaviy xalqaro standartlar va ilğor xorijiy tajribani inobatga olgan holda, şuningdek, 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasiga muvofiq jinoyat va jinoyat-protsessual qonunçiligini takomillaştirişning mutlaqo yangi ustuvor yönalişlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş qarorning asosiy maqsadini ifodalab beradi.












