Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi FIFAga murojaat qilib, Fahad Al-Mirdasiyni jahon çempionatida işlaydigan hakamlar röyxatidan öçirişni söradi.
Avvalroq, federatsiya Fahad Al-Mirdasiyni futboldan umrbod diskvalifikatsiya qilgan edi.
Federatsiya matbuot xizmati xabariga köra, u Qirol Kubogi finalida iştirok etuvçi klublardan biridan pora söragan. Şundan söng, u hibsga olingan va öz aybini tan olgan.
Ammo, ayni paytda Al-Mirdasiy JÇ-2018 öyinlarini boşqaradigan hakamlar röyxatida turibdi.
Eslatib ötamiz, Al-Mirdasiy Konfederatsiyalar Kubogi -2017 turnirida uçinçi örin uçun bahsni boşqargan, şuningdek Rio-2016 olimpiadasida ham işlagan edi.
Hakam Özbekiston terma jamoasi öyinlarini ham boşqargan. Sönggi marta u 2016 yil noyabr oyida ötkazilgan, JÇ-2018 saralaşidan örin olgan Janubiy Koreya - Özbekiston (2:1) bahsida boş hakam sifatida işlagan edi.












