Malayziya huquqni muhofaza qiliş organlari mamlakat sobiq boş vaziri Najib Razzoq bilan aloqador bölgan bir neçta joylarda ötkazilgan tintuvlardan söng, içida zargarlik buyumlari va valyuta bölgan 72ta sumkani topdi. Bu haqda The Star gazetasi xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, tintuvlar sobiq boş vazirning bir neçta qarorgohida, şuningdek, uning eski ofisida ötkazilgan. Ular 1MDB (Birinçi Malayziya investitsiyalar va taraqqiyot fondi) davlat fondidagi suiiste'molliklar böyiça suriştiruvga aloqador ekani aytilyapti.
«Biz dizaynerlik sumkalari bölgan 284ta quti topdik. Tekşiruvdan söng şu aniqlandiki, 72ta sumkada turli valyutalar, jumladan Malayziya ringgitlari va AQŞ dollarlari, soatlar hamda qimmatbaho buyumlar bölgan», - deya aytib ötdi politsiyaning iqtisodiy jinoyatlarni suriştiruvdan ötkaziş böyiça departamenti rahbari Datuk Seri Umar Singx.

Naşr topilgan qimmatbaho buyumlarning umumiy bahosini oşkor etmagan. Şuningdek, ta'kidlanişiça, aniqlangan sumkalar Louis Vuitton va Birkin premial brendlariga tegişli bölgan.












