Özbekistonning Malayziyadagi elçixonasi vakillari uşbu mamlakat Migratsiya departamenti boş direktori örinbosari Aminudin bin Yahaya bilan uçraşdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Uçraşuvda Özbekiston fuqarolari uçun Malayziyada 30 kungaça amal qiladigan vizasiz tartibni yanada soddalaştiriş hamda uzoq muddatli vizalarni rasmiylaştiriş jarayonlarini yengillaştiriş imkoniyatlari körib çiqildi.

Özbekiston tomoni mamlakat fuqarolari vizasiz kirişi mumkin bölgan davlatlar sonini kengaytiriş va viza jarayonlarini liberallaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berdi. Şuningdek, xavfsiz taşqi mehnat migratsiyasini taşkil etiş, xorijda işlayotgan va tahsil olayotgan özbekistonliklarni qöllab-quvvatlaş çoralari xususida söz yuritildi.

Qayd etilişiça, sönggi yillarda Özbekiston dunyoning 93 dan ortiq mamlakati fuqarolari uçun vizasiz tartib joriy etgan. Yana 70 dan ziyod davlat fuqarolari uçun elektron viza tizimi yölga qöyilgan.

Tomonlar Özbekiston va Malayziya rahbarlarining özaro taşriflari doirasida erişilgan kelişuvlar natijasida savdo-iqtisodiy, turizm, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar faollaşib borayotganini ham ta’kidladi.

Aminudin bin Yahaya sönggi yillarda ikki mamlakat örtasida sayyohlar oqimi ortib borayotganini qayd etdi. Malayziya Migratsiya departamenti ma’lumotiga köra, mamlakatda qonuniy bölib turiş uçun ruxsatnoma olgan Özbekiston fuqarolari soni ham köpaymoqda.

Özbekistonliklar Malayziyaga asosan ta’lim oliş hamda malakali mutaxassis sifatida mehnat faoliyati bilan şuğullaniş maqsadida borayotgani bildirildi.