Loyiha boşqaruvi milliy agentligining buyruği bilan Davlat xaridlari sohasidagi şikoyatlarni körib çiqiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Norma.
 
Eslatib ötamiz, «Davlat xaridlari töğrisida»gi Qonun 9.04.2018 yilda qabul qilingan. 
 
Davlat xaridida tovarlarni, işlarni yoki xizmatlarni davlat buyurtmaçilari tomonidan pulli asosda oliş nazarda tutiladi. Uşbu sohadagi vakolatli organ Prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi (bundan keyin – LBMA) hisoblanadi.   
 
Nizomda maxsus taşkil etilayotgan Komissiya tomonidan davlat xaridlari sohasidagi şikoyatlarni körib çiqiş tartibi belgilangan. Uning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan LBMA bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi. Komissiya işçi organi vazifalarini maxsus axborot portali operatori (bundan keyin – operator) amalga oşiradi. 
 
Ma'lumot uçun: maxsus axborot portali – operatorning şu jumladan elektron davlat xaridlari ötkazilişini, şuningdek davlat xaridlari yakunlari töğrisidagi e'lonlar va axborot joylaştirilişini ta'minlovçi veb-sayti hamda maxsus elektron platformasi.  

Har bir davlat xaridi iştirokçisi, şuningdek nazoratni amalga oşirayotgan şaxslar davlat buyurtmaçisi, LBMA, xarid komissiyasi va uning a'zolari, operatorning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan Komissiyaga şikoyat qilişi mumkin.
 
Davlat xaridlari doirasidagi şartnomaviy majburiyatlarni bajariş böyiça nizolar Komissiya tomonidan körib çiqilmaydi. Şartnoma tuzilgandan keyin beriladigan şikoyatlar böyiça uning davlat xaridlari töğrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi tekşiriladi. Bu holda Komissiya şartnoma ijro etilişini 7 iş kunigaça bölgan muddatga töxtatib turadi.
 
Qanday qonunbuzarliklar ustidan şikoyat qiliş mumkin
 
Arizaçi şikoyatni Komissiyaga yozma şaklda yoki şaxsiy kabinet orqali elektron şaklda yuboradi. Şikoyatga unda körsatilgan holatlarni tasdiqlovçi dalillar ilova qilinadi.

Quyidagi holatlarda şikoyat berilişi mumkin:

• davlat xaridi sub'yektlarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan;
• xarid qiliş tartib-taomillari buzilganda;
• iştirokçilarning takliflari buyurtmaçilar tomonidan asossiz qabul qilinmaganda yoki rad qilinganda;
• buyurtmaçilar tomonidan iştirokçilar sonini asossiz ravişda çeklaşga yoki ularning malakasiga qöyilgan talablarni oşirişga, raqobatga yöl qöymaslikning, uni çeklaşning yoki bartaraf etişning boşqa şakllariga yöl qöyilganda;
• narxlarni yoki iştirokçilarni saralaş natijalarini buzib körsatiş maqsadida iştirokçilar oldindan til biriktirganda;
• davlat xaridlari töğrisidagi axborotdan foydalaniş asossiz ravişda çeklanganda va b.
 
Şikoyatlar qanday körib çiqiladi
 
Komissiya davlat buyurtmaçisi va iştirokçisi iştirokida şikoyatni örganadi. Bunda xarid qiliş tartib-taomili 10 kungaça bölgan umumiy muddatga töxtatib turiladi. Komissiya şikoyatni olgan kunidan e'tiboran 7 iş kuni içida qaror çiqarişi va axborotni axborot portaliga joylaştirişi şart.
 
Şikoyat böyiça qaror Komissiya a'zolarining köpçilik ovozi bilan qabul qilinadi. Şikoyat asosli deb topilsa, Komissiya tegişli çoralar köradi.
 
Komissiya qanday çoralar körişi mumkin
 
Komissiya öz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:

• buyurtmaçining qonunga xilof harakatlariga, qarorlariga yoki u tomonidan qonunga xilof tartib-taomillar bajarilişiga doir taqiq örnatiş;
• buyurtmaçining qonunga xilof qarorlarini, şu jumladan davlat xaridlari töğrisidagi hujjatlar şartlarini buzadigan qarorlarini qisman yoki töliq bekor qiliş;
• xarid qiliş tartib-taomillarini tugatiş haqida qaror çiqariş;
• ijroçini Insofsiz ijroçilarning yagona reyestriga kiritiş;
• mansabdor şaxslarni va fuqarolarni davlat xaridlari töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uçun javobgarlikka tortiş töğrisida tegişli organlariga takliflar kiritiş.
 
Hujjat 15.05.2018 yildan kuçga kirdi.