The New York Times gazetasi (1 va 2) ukrain armiyasi uçun 2024-2025 yillarda amalga oşirilgan davlat xaridlari auditi natijalarini qölga kiritdi. Mudofaa xaridlari agentligi faoliyati davlat audit xizmati va Ukraina mudofaa vazirligining içki audit bölimi tomonidan tekşirilgan. Bungaça tekşiruv natijalari eʼlon qilinmagandi. Maʼlum bölişiça, 2024-yilning özida Ukraina firibgarlik, isrofgarçilik va mudofaa xaridlaridagi samarasiz boşqaruv tufayli 1,2 milliard dollarga yaqin mablağ yöqotgan. Quyida jurnalistlar bu hujjatlardan yana nimalarni bilib olgani haqida.
Tekşiruv hujjatlariga köra, Ukraina hukumati xaridlar paytida xavotirli signallarni eʼtiborsiz qoldirmoqda. Narxlarni oşiradigan yoki yetkazib beriş majburiyatlarini bajarmaydigan pudratçi uçun kamdan kam hollarda oqibatlar yuzaga keladi.
Kompaniyalar qurol yetkazib berişga qodirligini isbotlamasdan şartnomalar olişgan. Baʼzi hollarda pudratçida bunday yetkazib beriş uçun litsenziya ham bölmagan.
Ukrainaning eng yirik önta harbiy pudratçisidan 7 tasi firibgarlik, oldingi kelişuvlarni bajarmaslik yoki rahbarlari korrupsiya uçun hibsga olingani böyiça jinoiy işlar oçilganiga qaramay, yangi buyurtmalar olgan.
Masalan, 2024-yilda Pavlograd kimyo zavodi harbiylarga yaroqsiz holatdagi minglab artilleriya minalari yetkazib bergan. Uning rahbari Leonid Şiman korrupsiya böyiça işda figurantga aylanganidan keyin ham mudofaa xaridlari böyiça agentlik uşbu korxona bilan yuz millionlab dollar miqdoridagi şartnomalarni tuzişda davom etgan.
Auditorlar Ukraina hukumati oldingi şartnomalar bajarilmaganiga qaramay, yangi kelişuvlar tuzgan 18 ta kompaniyani aniqlagan. Bu kompaniyalardan oltitasi umuman birorta şartnomani bajarmagan.
Kompaniyalardan biri vaʼda qilingan 600 ta maxsus drondan birortasini yetkazib bermagan, keyin esa yana 1950 ta dron yetkazib beriş böyiça yangi şartnom olgan. Kompaniya şundan faqat 50 tasini öz muddatida yetkazib bergan.
Qulayroq takliflar rad etilgani va qimmatroq narxlardagi takliflar qabul qilingani tufayli 126 million dollarga yaqin mablağ yöqotilgan. Şartnomalar yetarli huquqiy asoslarsiz tuzilgan. Bir holatda kompaniyalar barbod bölgan bitim böyiça kamida 100 million dollarlik avans tölovlari taqdiri böyiça hamon bahslaşmoqda.









