Olib borilgan örganişlar natijasida 9,3 mlrd sömdan ortiq davlat xaridida qonunbuziliş holatlari aniqlandi, deya xabar berdi Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi.
Xususan, agentlik tomonidan quyidagi taşkilotlarning xaridlarida qoidabuzarliklar aniqlangan:
«Binolardan foydalaniş va quriliş-ta’mirlaş işlari direksiyasi» buyurtmaçiligida 1,74 mlrd sömlik;
«Bekobod ovqatlaniş kombinati» MÇJ buyurtmaçiligida 1,6 mlrd sömlik;
Uçqörğon tuman tibbiyot birlaşmasi buyurtmaçiligida 1,55 mlrd sömlik;
Uçqörğon tuman voleybol sport turlariga ixtisoslaştirilgan davlat maktab-internati buyurtmaçiligida 1,43 mlrd sömlik;
Urganç şahar tibbiyot birlaşmasi buyurtmaçiligida 824 mln sömlik;
Surxondaryo viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmaçiligida 790,5 mln sömlik;
Piskent tumani hokimligi buyurtmaçiligida 700 mln sömlik;
Yangibozor tumani Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi buyurtmaçiligida 241,5 mln sömlik;
Navoiy şahar obodonlaştiriş boşqarmasi buyurtmaçiligida 238,5 mln sömlik;
Yangibozor tumani maktabgaça va maktab ta’limi bölimi buyurtmaçiligida 202,9 mln sömlik
Mazkur davlat xaridlarida sohaga oid qonunçilik talablariga zid ravişda baholaş jarayonida qonunbuziliş hamda iştirokçilar örtasida raqobatni çeklaş holatlariga yöl qöyilgan.
«Aniqlangan qonunbuziliş holatlari yuzasidan yuborilgan agentlikning taqdimnomalari bilan xarid komissiyasining ğolibni aniqlaş haqidagi bayonnomalari bekor qilinişi ta’minlanib, davlat xaridlarining qonunga xilof ravişda ötkazilişining oldi olindi. Örganiş va tahlillar jarayonida töplangan hujjatlar qonuniy çora köriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborildi», deyiladi agentlik xabarida.











