Raqobat qömitasi ma’lum qilişiça, dori vositalariga belgilangan çeklangan savdo ustamalarini buziş holatlari Soliq organlari tomonidan aniqlanib, ular haqidagi ma’lumotlar qömitaning Fair Tech yagona axborot tizimiga yuborilmoqda.

2026 yilning ikkinçi çoragi davomida mazkur tizim orqali kelib tuşgan xabarlar asosida ötkazilgan örganişlar natijasida 237 ta dorixonada, jumladan 33 ta ulgurji va 204 ta çakana dorixonada, jami 148 810 ta holatda qonunbuzarlik aniqlangan.

Tekşiruvlar davomida uşbu dorixonalar tomonidan 1,9 milliard söm miqdorida asossiz daromad olingani belgilangan.

Qömita ma’lumotiga köra, qonunbuzarliklar böyiça iste’molçilar foydasiga qayta hisob-kitoblar amalga oşirilib, ularning buzilgan huquqlarini tiklaş çoralari körilgan.

Şuningdek, Raqobat qömitasi dori vositalari narxlariga oid qonunçilik talablarini buzgan dorixonalarga nisbatan çoralar köriş davom ettirilişini, ularning röyxati esa oçiq tarzda e’lon qilib borilişini ma’lum qildi.