Roman Abramoviçning Buyuk Britaniya vizasi muddati bir neça hafta ilgari tugagan, yangi viza esa hozirça berilmagan. Şu sababli keça Abramoviç Angliya kubogi finalida - uning  «Çelsi» jamoasi «Mançester Yunayted»  ustidan ğalaba qozongan öyinda qatnaşa olmadi. Işbilarmon Britaniya vizasidan mahrum bölgani haqida unga yaqin manbalar The Bell naşriga xabar bergan. 

Manbada ta'kidlanişiça, Abramoviçning avvalgi vizasi muddati tugaganiga 3 haftadan köproq vaqt ötgan, yangisi esa hali berilmagan. Işbilarmonning atrofidagi yana bir manbaga köra esa, yangi viza beriş rasman rad etilmagan, Britaniya hukumati Abramoviçning hujjatlarini körib çiqişda davom etmoqda.

Abramoviçning vakili bu ma'lumotlarga izoh bermadi. Buyuk Britaniya hukumatining immigratsion nazorat uçun mas'ul Home Office departamenti vakillari vaziyatga izoh berişdan boş tortişgan.  

ADS-B Exchange bazasi ma'lumotlariga köra, Roman Abramoviçning Boeing 767 samolyoti oxirgi marta Londonda 1 aprel kuni bölgan.