2018 yil 19 may kuni soat 18:30 larda Toşkent viloyati Yangiyöl tumanida mavsumiy işçi K. yakka tartibdagi tadbirkor Yu.ning uyida, örtalaridagi kelişmovçilik oqibatida ov miltiği bilan unga öq uzgan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Yu.ning faol qarşiligi tufayli K. jinoiy qilmişini yakuniga yetkaza olmagan va hodisa joyidan qoçib yaşiringan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi K. ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi (qasddan odam öldirişga suiqasd) va 248-moddasi 1-qismi (öqotar qurolga noqonuniy egalik qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.












