Polşa rasmiylari Rossiya maxsus xizmatlari topşiriği bilan Ukraina va AQŞ fuqaroligiga ega şaxsga suiqasd tayyorlaganlikda gumon qilinayotgan Rossiya fuqarosi uşlanganini ma’lum qildi.

Rzeczpospolita naşrining yozişiça, bu haqda 13-avgust kuni Polşa boş vaziri Donald Tusk xabar bergan. Uning aniqlik kiritişiça, gumonlanuvçi 7-avgust kuni qölga olingan.

Tuskning sözlariga köra, Vladimir Putin rejimi uçun «noqulay bölgan» şaxsni öldiriş rejasi «sönggi lahzada» barbod qilingan.

RMF FM radiostansiyasi norasmiy manbalarga tayanib xabar berişiça, suiqasd nişoni Ukrainaga mahsulot yetkazib beruvçi qurol-yaroğ sanoati pudratçisi bölgan. Hujumni tayyorlaşda gumon qilinayotgan şaxs 29 yoşli, Donbassda tuğilgan Rossiya fuqarosi ekani aytilmoqda.

Qotillik Varşavada amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Polşa maxsus xizmatlari koordinatori Tomaş Semonyakning ma’lum qilişiça, gumonlanuvçini qölga oliş operatsiyasi AQŞ tomoni bilan hamkorlikda ötkazilgan.

Donald Tusk buni Rossiyadan bölgan şaxs NATOga a’zo davlat hududida AQŞ fuqarosiga suiqasd rejalaştirişda gumon qilingan ilk holat sifatida baholadi.

Polşa boş vaziri Rossiya hukumati özi uçun «noqulay» deb hisoblagan şaxslarni yöq qilişga urinişi mumkinligini inobatga oliş zarurligini ta’kidlab, Varşava bunday tahdidlarga qarşi faol çoralar körişini bildirdi.

Polşada rossiyalik rassomning öldirilişi

Bu voqeadan avval, 15-iyun kuni Polşaning Belarus bilan çegarasi yaqinidagi Byala-Podlyaska şahrida rossiyalik rassom-aksionist Semyon Skrepetskiy otib öldirilgan edi. Uning haqiqiy ismi Robert Kuzovkov bölgan.

The Insider ma’lumotiga köra, rassom öldirilişidan taxminan bir soat avval unga «rus patriotlari» tahdid qilayotgani haqida xabar bergan.

Uşbu iş doirasida dastlab uç kişi qölga olingan. OAV xabarlariga köra, ularning kamida ikki nafari Belarus fuqarosi bölgan. Keyinçalik tergov ularning jinoyatga aloqadorligini tasdiqlamagaç, söroqdan söng qöyib yuborilgan.

18-iyun kuni Donald Tusk Skrepetskiyning öldirilişiga aloqadorlikda gumon qilingan yana bir şaxs uşlanganini ma’lum qilgan. Uning yonidan Gurjiston pasporti topilgani aytilgan.