Joriy yilning 18-20 may kunlari Vengriyaning Seget şahrida parakanoe böyiça Jahon kubogi bölib ötdi. Mazkur musobaqada 60dan ortiq mamlakat vakillari iştirok etgan bahslarda beş nafar özbekistonlik paralimpiya sportçisi muvaffaqiyatli qatnaşişdi.
18 may kuni KL-2 yönalişida iştirok etgan hamyurtimiz Azizbek Abdulhabibov 42.962 natijasi bilan bronza medali sohibiga aylandi. 19 may kuni ayollar örtasida KL-3 yönalişida ötkazilgan final bosqiç bellaşuvlarida Şahnoza Mirzayeva barça raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor böldi. Şu yönalişning erkaklar örtasidagi bahslarda esa Hayitmurod Şerqöziyev kumuş medalni qölga kiritdi.





Şu tariqa, Özbekiston parakanoe terma jamoasi Jahon kubogidan bittadan oltin, kumuş va bronza, jami uçta medal bilan qaytadigan böldi.
Ma'lumotlarga köra, Özbekiston delegatsiyasi 22 may kuni Toşkent vaqti bilan soat 06:20da Istanbul-Toşkent yönalişi böyiça uçib keladi.










