Bolivar inqilobi davom etadi — kuzatuvçilar Venesuelada bölib ötgan prezidentlik saylovlarida 6 millionga yaqin aholi komandantening vorisi — Nikolas Maduroni yoqlab öz ovozlarini berganini deyarli şunday baholaşmoqda. Sobiq avtobus haydovçisi va kasaba uyuşmasi yetakçisiga 68 foiz xalq ovoz bergan, garçi muxolifat davomat juda kam — 46 foiz atrofida bölganini ta'kidlayotgan esa-da, rasmiy ma'lumotlarga köra saylovda saylovçilarning 80 foizdan yuqorisi iştirok etgan.

Foto:  EPA-EFE / Miguel Gutierrez

Muxolifat yetakçisi Enri Falkon saylov natijalarini tan olişdan boş tortgan.

Foto: Andrew Cawthorne

2017 yil mobaynida Venesuelada 10 mingga yaqin norozilik aksiyalari bölib ötgan. Yil davomida norozilik namoyişlarida 163 kişi halok bölgan.

2015 yildan 2017 yilgaça jahon böylab Venesueladan migrantlar soni ikki barobarga oşgan. 2015 yilda ularning soni 700 ming kişi bölgan bölsa, 2017 yilda xorijga iş izlab çiqqanlar soni 1,6 millionga yetgan. Venesuela aholisi 31 million kişi.

2018 yilning aprelida Venesuela bezgakka çaliniş böyiça jahonda birinçi öringa çiqib oldi. 2013 yildan buyon mamlakatda bolalar va onalar ölimi ortib bormoqda. 2013 yilda mamlakatda 1 yoşgaça bölgan çaqaloqlardan 7,3 mingi nobud bölgan bölsa, 2016 yilga kelib bu raqam 11,4 mingtaga yetdi.

Keyingi uç-tört yilda haftalik göşt va parranda iste'moli aksariyat venesuelaliklar uçun haşamat darajasiga kötarilgan. 2014 yilda oilalarning qariyb 80 foizi haftada bir marta parranda göşti, 74,8 foizi göşt xarid qilgan bölsa, 2017 yilda bu körsatkiçlar mos ravişda 34 va 39,9 foizga tuşib ketdi. Sut mahsulotlari yanada kamyobga aylangan: 2014 yilda uni 47,2 foiz oila xarid qila olgan, 2017 yilda esa — 19,2 foiz. Qahvani 2014 yilda 32,4 foiz oila sotib ololgan, 2017 yilda — 13,7 foiz.

Mamlakat milliy valyutasi — bolivar ham şiddat bilan qadrsizlanişda davom etmoqda. Bugun 1 AQŞ dollari 72 577,6 bolivarga teng bölib turibdi. Holbuki 3 yilgina muqaddam 1 dollar 8 bolivarga teng bölgan. 

Foto: news.com.au

Xalqidan uzoqlaşgan Maduro saylovdagi ğalabani böm-böş maydonda nişonlayotgani xususidagi video tarqaldi. Uni olqişlayotgan xalq keyinçalik montaj qilinişi uçun maydonga xromakeylar örnatilgan.