BMTning qoçqinlar işlari böyiça oliy komissari boşqarmasi Markaziy Amerikaning şimoliy davlatlaridan qoçqinlar soni keskin köpayganini qayd qildi. Bu haqda boşqarmaning matbuot kotibi Yekaterina Kitidi ma'lum qildi. 

“Markaziy Amerikaning şimoliy davlatlaridan 2017 yil oxirida butun dunyo böylab 294 mingdan köproq boşpana sörovçilar qayd qilingan. Bu 2016 yildagidan 58 foiz va 2011 yil oxiridagidan 16 marta köproqdir”, deb aytgan Kitidi.

Boşqarmada ta'kidlanişiça, odamlar “zöravonlik va ta'qiblardan” qoçmoqdalar, ulardan köpi öz yöllarida köplab xavf va qiyinçiliklarga duç keladilar. Qoçqinlarning aksariyati Beliz, Meksika, AQŞ, Kosta-Rika va Panamada boşpana qidiradi. BMT boşqarmasi xalqaro hamjamiyatni qoçqinlarni himoya qiliş va Markaziy Amerikaning şimoliy davlatlariga bunday migratsiya sabablarini bartaraf etişda kömak körsatişga çaqirgan. Boşqarma 2018 yilda qoçqinlarga kömak körsatiş dasturini amalga oşiriş uçun xomiy davlatlardan 36,2 mln dollar ajratilişini söramoqda. Hozirça bu mablağning bor-yöği 12 foizigina olingan.