Kuniga heç bölmaganda bittadan tuxum yeyiş yurak-qon tomir kasalliklari xavfini pasaytiradi. Buyuk Britaniya olimlari Xitoyda yarim million kişi iştirokida ötkazilgan tadqiqot natijalariga asoslanib, şunday xulosaga kelişdi, deb yozadi BBC.
Olimlarning sözlariga köra, insonning kundalik ratsionidan joy olgan tuxum soğliq garovidir. Tadqiqot natijalari Heart jurnalida taqdim etildi, maqola tuxumning inson organizmiga ta'sirini örganişning barça bosqiçlarini qamrab olgan.

Aksariyat şifokorlarning ta'kidlaşiça, tuxumning kundalik ratsiondan joy olişi - soğlom parhezning bir qismi. Bu tuxum foydali moddalarga boy bölgan oziq-ovqat mahsulotlaridan biri ekanligi bilan izohlanmoqda. Tuxumda oqsil, A, D, B va B12 vitaminlari mavjud, şu bilan birga lyutein va zeaksantin köriş qobiliyatini yaxşilaydi.
"Kuniga bir yoki ikkitadan tuxum yeyiş juda yaxşi. Undan qörqişga hojat yöq", - deydi Britaniya parhez uyuşmasidan Frenki Filips.
Şu örinda u ogohlantiradi ham - tuxumni ham har qanday oziq-ovqat mahsuloti kabi me'yoridan ortiq iste'mol qiliş maqsadga muvofiq emas. Unda oqsil köp, organizmda oqsilning me'yordan köp bölişi esa buyraklarga ortiqça yuk böladi.
Xolesterin miqdoriga tuxumning ta'siri haqidagi yangi tadqiqotlardan keyin Buyuk Britaniya yurak salomatligi fondi 2007 yildagi haftasiga köpi bilan 3 ta tuxum iste'mol qilişga oid tavsiyasidan voz keçdi.

Tuxum tarkibida xolesterin bölişiga qaramay, uning boşqa oziq-ovqat mahsulotlaridagi miqdori qondagi xolesterin miqdoriga sezilarli ta'sir körsatar ekan. Xolesterin miqdoriga tuxumning özi emas, töyingan yoğlar ta'sir körsatadi, şuning uçun tuxumni qanday tayyorlaşingiz muhim ahamiyatga ega.
Bir dona örtaça kattalikdagi tuxumda 4,5 gramm - taxminan bir çoy qoşiq yoğ böladi. Buning faqat çorak qismigina - töyingan yoğ. Tuxum sariyoğ bilan birga iste'mol qilinsa, boşqa gap.
Buyuk Britaniyaning sobiq soğliqni saqlaş vaziri Edvina Karri doim salmonellez mavzusi bilan assotsiatsiyalaşadi. 1988 yilning dekabrida u Britaniyada işlab çiqarilayotgan tuxumlarning aksariyati salmonella bilan kasallangani haqida aytgan va oxir-oqibat bu bayonot uning iste'fosiga sabab bölgan.
Muammo haqiqatda bölgan, biroq 90-yillarda qişloq xöjalik mahsulotlari işlab çiqaruvçilari vaksinatsiya dasturini boşlaşgan. Endi, oradan 30 yilga yaqin vaqt ötib, bu mamlakatda işlab çiqariluvçi tuxumlar salmonellez jihatidan mutlaqo xavfsiz. Tuxumlar qadoqlanadi, bunday tuxumlar bolalar va homilador ayollar salomatligi uçun xavfsiz.

Boşqaça aytganda, tuxumni qaynatgan yaxşimi yoki qovurgan? Parhezşunoslar qovurişni tavsiya qilişmaydi - bu mahsulotdagi yoğ miqdori oşişi bilan izohlanadi. Umuman olganda esa, özingizga qanday yoqsa, şunday tayyorlang.
Yodingizda bölsin, darz ketgan tuxumlarni xarid qilmang, çunki ular eski bölişi yoki bakteriyalar bilan kasallangan bölişi mumkin.
Tuxumlarni muzlatgiçdan alohida qutida yoki konteynerda saqlagan ma'qul. Ularni muzlatgiçda saqlaş muddati - 28 kun.
Tuxum yangi yoki eskiligini tekşiriş uçun uni sovuq suv solingan idişga soliş kerak. Yangi tuxum suvda çökadi, eskisi esa suv sathida "suzadi".











