Tuxum dunyo aholisi ratsionidagi muhim oqsil manbalaridan biri hisoblanadi. Yirik aholiga va rivojlangan parrandaçilik sanoatiga ega davlatlar uni işlab çiqarişda ham yetakçilik qilmoqda.

2024-yil ma’lumotlariga köra, dunyoda eng köp tuxum işlab çiqargan davlatlar quyidagiça:

Xitoy - 617,14 mlrd dona
Hindiston - 147,31 mlrd dona
Indoneziya - 146,21 mlrd dona
AQŞ - 108,51 mlrd dona
Braziliya - 64,91 mlrd dona
Meksika - 61,7 mlrd dona
Rossiya - 46,36 mlrd dona
Yaponiya - 41,34 mlrd dona
Pokiston - 25,21 mlrd dona
Turkiya - 21,16 mlrd dona.

Reytingda Osiyo davlatlarining ustunligi yaqqol körinadi. Xususan, birinçi uçlikning özida Xitoy, Hindiston va Indoneziya joylaşgan.

Xitoyning körsatkiçi esa boşqa mamlakatlardan bir neça barobar yuqori. Masalan, u ikkinçi örindagi Hindistonga nisbatan tört barobardan ziyod köp tuxum işlab çiqaradi.

Dastlabki taqdim etilgan ma’lumotda Yaponiya uçun 406,3 mlrd dona körsatkiçi keltirilgan. Biroq Statistaʼning 2026-yil fevralda e’lon qilingan 2024-yil reytingida Yaponiya körsatkiçi 41,34 mlrd dona deb berilgan. Şuningdek, uşbu yangilangan reytingda ikkinçi örinni Yaponiya emas, Hindiston egallaydi.