Insonning salomatligi haqida faqat tibbiy tekşiruvlar emas, uning kundalik harakatlari ham maʼlumot berişi mumkin. Xalqaro tadqiqotçilar guruhi bilakka taqiladigan datçik orqali qayd etilgan qadamlar çastotasi ölim xavfini baholaşda klinikadagi qisqa yuriş testiga yaqin natija berişini körsatdi.

Tadqiqot natijalari JAMA Network Open jurnalida eʼlon qilindi. Unda Norvegiya fan va texnologiyalar universiteti, Fransiyaning Qişloq xöjaligi, oziq-ovqat va atrof-muhit milliy tadqiqot instituti, Buyuk Britaniyaning Lester universiteti hamda boşqa Yevropa ilmiy muassasalari vakillari qatnaşgan.

Yuriş muşaklar, böğimlar, asab va yurak-qon tomir tizimlarining birgalikdagi işini aks ettiradi. Yoş ötişi bilan surunkali kasalliklar, jismoniy çidamlilikning pasayişi va boşqa muammolar tufayli harakat surʼati özgarişi mumkin.

Şu sababli yuriş tezligi organizmning umumiy holatini körsatuvçi belgilardan biri hisoblanadi. U salomatlik bilan boğliq salbiy oqibatlar, jumladan, ölim xavfini baholaşda ham qöllanadi.

Biroq klinikadagi qisqa test odamning aynan öşa paytda qanday yurganini körsatadi. Bu natija uning kundalik hayotdagi harakatini töliq aks ettirmasligi mumkin.

Olimlar şuning uçun ikki usulni taqqoslagan: standart sinovda yuriş tezligini ölçaş va odatiy hayotda bir daqiqada neçta qadam taşlanişini hisoblaş.

Tahlilga Buyuk Britaniyadagi Whitehall II loyihasining 4067 iştirokçisi kiritilgan. Ölçovlar 2012–2013-yillarda ötkazilgan paytda ularning örtaça yoşi 69,3 yoş bölgan. Iştirokçilarning 74,4 foizini erkaklar taşkil etgan.

Klinik sinovda köngillilardan 2,44 metrlik masofani odatiy surʼatda bosib ötiş söralgan. Ular xuddi köçada öz işlari bilan ketayotgandek yurişi kerak bölgan. Sinov uç marta takrorlanib, örtaça tezlik hisoblangan.

Kundalik harakatni baholaş uçun esa iştirokçilar töqqiz kun davomida bilagiga akselerometr taqib yurgan. Bu harakatlarni qayd etadigan datçikdir.

Tahlilga kamida bir kunlik talabga javob beradigan yozuvlari mavjud iştirokçilar kiritilgan. Har bir odam böyiça örtaça 7,9 kunlik yaroqli maʼlumot töplangan.

Datçik yozuvlari asosida ikki körsatkiç hisoblangan. Birinçisi - qadamlar çastotasining medianasi. Bu qayd etilgan yuriş surʼatlari tartib bilan joylaştirilganda örtada turadigan qiymat bölib, odamning odatiy yuriş surʼatini ifodalaşga yordam beradi.