Qozoğiston Qişloq xöjaligi vazirligi 9 apreldan boşlab xorijdan, jumladan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlaridan tovuq tuxumlarini mamlakatga olib kirişga olti oylik taqiq joriy etdi.
Vazirlikning tuşuntirişiça, uşbu çora bahor-yoz mavsumida mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş maqsadida qabul qilgan.
«Uşbu davrda tuxumga bölgan talab kamayadi, bozor ehtiyojlari sanoat işlab çiqaruvi va xonadonlardagi mahsulotlar hisobiga töliq ta’minlanadi. Bu holat parranda fabrikalarining faoliyatiga salbiy ta’sir körsatadi, tuxum narxi arzonlaşadi. Tuxum narxining tannarxdan tuşib ketişi korxonalar rentabelligiga salbiy ta’sir körsatadi», — deyiladi bayonotda.
Çeklov tuxumlarning Qozoğiston hududi orqali tranziti va bir YeOII davlati hududidan boşqasiga Qozoğiston orqali olib ötilişiga taalluqli emas.
Avvalroq parranda grippi epidemiyasi sabab 2024 yilning oxirgi çoragida AQŞda 20 milliondan ortiq tovuq nobud bölgani, bu esa tuxum narxining oşişiga va dökonlarda ularning yetişmovçiligi boşlanişiga olib kelgani töğrisida xabar berilgandi. Fevral oxirlarida Amerika Qişloq xöjaligi vazirligi qadoqdagi 12 ta tuxum narxi 8,41 dollarga çiqqan — bu rekord darajadagi körsatkiç bölib, ötgan yilga nisbatan 200 foizli ösişni anglatadi.













