21 may kuni Toşkent şahrida Jahon banki (JB) ekspertlari "2018 yilgi dunyo taraqqiyoti: Ta'lim islohotlarini amalga oşiriş vositasi sifatida" mavzuidagi ma'ruzasini taqdim qilişdi. Şuningdek Özbekistonda ta'lim sohasini rivojlantiriş va kadrlar tayyorlaş uçun zarur çora-tadbirlarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. Jahon banki matbuot xizmati KUN.UZ'ga şu haqida ma'lum qildi.

Foto: Jahon banki matbuot xizmati

Taqdimotda Jahon banki ta'lim sektori rahbari Keyko Miva xonim, JBning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça ta'lim sektori rahbari janob Kristian Aedo, şuningdek taraqqiyot iqtisodiyoti boş direktori va boş iqtisodçi vazifasi bajaruvçisi janob Şanta Devarayan iştirok etişdi.

"2018 yilgi dunyo taraqqiyoti: Ta'lim islohotlarini amalga oşiriş vositasi sifatida" mavzuidagi ma'ruza dunyodagi "ta'lim inqirozi"dan ogohlantiradi. U nafaqat qator mamlakatlardagi bolalar maktabga qatnaşiga qaramay, zarur bilim va könikmalarga ega bölmayotganilarini namoyiş qiladi, balki bu salbiy jihat surunkali tus olayotgan hamda şu mamlakatlar rivojiga tösqinlik qilayotgan muammolar ta'siridagi omillarni ham foş qiladi.

Ma'ruzada dunyoning 20 mamlakatidagi hukumatlar, taşkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari,  xususiy sektor vakillari bilan keng kölamli maslahatlaşuvlar davomida olingan ma'lumotlarga asoslanib, hukumatlar uçun uç tavsiya şakllantirilgan:

1. Ta'lim sifatini şunday baholaş kerakki, toki u baholaş mumkin bölgan maqsadga aylansin

Rivojlanayotgan mamlakatlarning yarmidagina örta maktabning boşlanğiç va birinçi bosqiçini tugallayotgan öquvçilar bilim sifatini baholaş tizimi mavjud. Yaxşi işlangan öquvçilarning yutuqlarini baholaş tizimi öqituvçilarga tizimni boşqarişni takomillaştiriş va ta'lim jarayoniga jamoatçilik e'tiborini qaratiş imkonini beradi. Bu çoralar taraqqiyot siyosati va kuzatuvi variantlarini tanlaş, şuningdek murakkab vaziyatda qolgan bolalarni aniqlaşda yordam berişi mumkin.

2. Maktablar bolalarning manfaatlari yölida işlaşiga doir çoralar köriş

Bolalar maktabga tayyor bölib kelişlari uçun kiçik yoşdagi bolalarni oziqlantiriş va rağbatlantirişni ta'minlaş orqali ularning aqliy salohiyatini rivojlantiriş va ösişdan ortda qoliş körsatkiçlarini pasaytirib, barça uçun birdek şart-şaroit yaratiş. Ta'lim sohasiga iste'dodli kişilarni jalb qiliş va ularni rağbatlantiriş, ustoz-şogird tizimidan foydalanib, öqituvçilarning malaka oşirişini taşkillaştiriş. Öqituvçilarga ta'lim beriş jarayonida öquvçilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olişga yordam beruvçi texnologiyalarni qöllaş va maktablar rahbariyati, jumladan ularning direktorlari salohiyatini oşiriş.

3. Ta'lim olişdan manfaatdor barça kişilarni mobillaştiriş

Ta'lim tizimini isloh qilişda fuqarolar mobillaşuvi va siyosiy tayyorgarlikni şakllantiriş uçun barça axborot va körsatkiçlardan foydalaniş. Manfaatdor tomonlarni, jumladan işbilarmon doiralarni ta'limni barça bosqiçlarida qayta isloh qiliş jarayoniga jalb qiliş.

Jahon bankining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Xideki Mori taqdimotdagi nutqida şunday dedi: "Ta'lim islohotlarini amalga oşiriş yoşlarga nafaqat ertangi kun iqtisodiyotida raqobatlaşiş, balki ularning öz mamlakatlaridagi hayotni yaxşilaş imkonini beradi. Şu sabab bilan Bank Özbekiston hukumatining ta'lim tizimini yaxşilaşga yönaltirilgan sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaydi".