Toşkentda 28-oktabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi boşlandi. Unda 40 dan ortiq davlat vakillari, jumladan, taʼlim va fan vazirlari, 500 ga yaqin mahalliy va xorijiy oliygoh rahbarlari hamda mingdan ziyod ekspert iştirok etmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev anjuman iştirokçilariga murojaat yölladi. Uni prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov öqidi.

Davlat rahbari qutlovida Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida özaro işonç, yaxşi qöşniçilik va şeriklik mustahkamlanayotgani taʼkidlandi. Qariyb 85 million aholiga ega mintaqamizning eng katta boyligi esa bilimga intilayotgan yoş avloddir.

«Ana şu ulkan demografik salohiyatni qudratli intellektual kuçga aylantirişda eng samarali yöl – sifatli, zamonaviy taʼlim va tarbiyadir»,

– deyiladi murojaatda.

Prezident Özbekistonda taʼlim islohotlari davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylanganini qayd etdi. Yaqinda maktabgaça va maktab taʼlimi, kasbiy va oliy taʼlim hamda ilm-fan boşqaruvi yagona tizimga birlaştirildi. Bundan maqsad – bolaning dastlabki bilim olişidan yetuk mutaxassis va olim bölib şakllanişigaça bölgan bosqiçlar uzviyligini taʼminlaş.

Murojaatda taʼlim yoşlarni mustaqil fikrlaş, ijod qiliş va umri davomida örganişga tayyorlaşi zarurligi taʼkidlangan. Öqituvçi va murabbiylarning rolini oşiriş, maktab, texnikum, universitet hamda işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş, ayniqsa, qizlar, çekka hududlardagi bolalar va alohida taʼlimga ehtiyoji bölgan yoşlar uçun imkoniyatlarni kengaytiriş muhim vazifalar sifatida körsatildi.

Prezident sunʼiy intellekt va zamonaviy muhandislik yönalişlarini rivojlantiriş, universitetlar örtasidagi qöşma dasturlar va tadqiqotlarni köpaytiriş, talaba hamda olimlar almaşinuvini qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.

Davlat rahbari Markaziy Osiyoni ilm-maʼrifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlaşgan umumiy intellektual makonga aylantirişdek strategik maqsad yölida forumda amaliy takliflar ilgari surilişiga işonç bildirdi.