Hozirgi kunda davlat organlari va mansabdor şaxslarga murojaat qiliş hayotimizning asosiy qismiga aylanib ulgurdi. Albatta, bu narsa ijobiy holat sanaladi, kaçonki asosli va töğri tartibda amalga oşirilganda. Sababi, fuqarolarning öz huquq va erkinliklarini tegişli tartibda bilişi va amalda qöllanilişini talab qilişi ularning konstitutsiyaviy huquqlari hisoblanadi. Demak, bu jarayon qonunçiligimizda qanday belgilanganini körib çiqamiz. Bu xususidagi asosiy manba «Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida»gi qonun hisoblanadi. Uning 3-moddasida murojaat etişning quyidagi şartlari keltirib ötilgan: «Murojaatlar oğzaki, yozma yoxud elektron şaklda bölişi mumkin».
Dastlab nimalarga e'tibor qaratiş zarur?
Murojaat etişda Qonunning 6-moddasida quyidagi talablar belgilab ötilgan: «Jismoniy şaxsning murojaatida jismoniy şaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi ma'lumotlar körsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bölişi kerak.
Yuridik şaxsning murojaatida yuridik şaxsning töliq nomi, uning joylaşgan yeri (poçta manzili) töğrisidagi ma'lumotlar körsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bölişi kerak.
Murojaatlar davlat tilida va boşqa tillarda berilişi mumkin.
Yozma murojaat murojaat etuvçi jismoniy şaxsning imzosi yoki murojaat etuvçi yuridik şaxs rahbarining yoxud vakolatli şaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bölişi lozim. Jismoniy şaxsning yozma murojaatini murojaat etuvçining imzosi bilan tasdiqlaş imkoni bölmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan şaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qöşimça ravişda yozib qöyilişi kerak.
Elektron murojaat qanday tartibda beriladi?
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qiliş imkoniyatini beradigan boşqa rekvizitlariga ega bölgan elektron hujjat şaklida bölişi kerak. Elektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq bölişi kerak.
Anonim murojaatlar nima?
Jismoniy şaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi ma'lumotlar yoki yuridik şaxsning töliq nomi, uning joylaşgan yeri (poçta manzili) töğrisidagi ma'lumotlar körsatilmagan yoxud ular haqida yolğon ma'lumotlar körsatilgan, şuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi. Agar murojaatda qabul qiliş va körib çiqiş qonunga xilof ravişda rad etilsa, uning ustidan xar bir şahs böysunuv tartibida yuqori turuvçi organga yoxud bevosita sudga şikoyat qilişga haqli ekanligi belgilab ötilgan. Murojaatlarni beriş muddatlari esa qoida tariqasida belgilanmaydi.
Murojaatlar kanday va qança muddatda körib çiqiladi?
Murojaatlarni körib çiqiş tartibida esa bir qança muhim jihatlar qayd etilgan. Unga köra, Qonunning 18-moddasida : «Qöyilgan masalalarni hal etiş özining vakolat doirasiga kirmaydigan davlat organiga kelib tuşgan murojaatlar beş kunlik muddatdan keçiktirmay tegişli organlarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvçiga yozma yoxud elektron şaklda xabar qilinadi».
Murojaatlarni körib çiqiş muddati esa bir qança asoslar bilan belgilab ötilgan. Qonunning 19-moddasida şunday keltirilgan: «Ariza yoki şikoyat masalani mazmunan hal etişi şart bölgan davlat organiga kelib tuşgan kundan e'tiboran ön beş kun içida, qöşimça örganiş va (yoki) tekşiriş, qöşimça hujjatlarni sörab oliş talab etilganda esa bir oygaça bölgan muddatda körib çiqiladi.
Ariza va şikoyatlarni körib çiqiş uçun tekşiriş ötkaziş, qöşimça materiallar sörab oliş yoxud boşqa çora-tadbirlar köriş zarur bölgan hollarda, ularni körib çiqiş muddatlari tegişli davlat organi rahbari tomonidan istisno tariqasida uzoği bilan bir oyga uzaytirilişi mumkin, bu haqda murojaat etuvçiga xabar qilinadi.
Murojaatlarni körib çiqişda qonun talablari buzilsa, yuqori turuvçi organga yoki sudga şikoyat qilinişi belgilab ötilgan.
Javohir Şamsutdinov
huquqşunos











