2018 yil 24 may kuni Barno Botirovna Islomova Toşkent şahar Maktabgaça ta'lim boş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Bu haqda şahar hokimligi axborot xizmati xabar bergan.

Barno Islomova şu paytga qadar Toşkent şahar Yunusobod tumanidagi 202-maktabgaça ta'lim muassasasi mudirasi lavozimida işlab kelgan.

B.Islomova 1963 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 1987 yilda Toşkent politexnika instituti (kunduzgi), 2000 yilda Toşkent davlat pedagogika instituti, 2005 yilda qayta tayyorlov kursini tamomlagan.

2009-2012 yillarda - Toşkent şahar Yunusobod tumanidagi 30-maktabgaça ta'lim muassasasi tarbiyaçi yordamçisi, 2012-2013 yillarda - Toşkent şahar Yunusobod tumanidagi 30-maktabgaça ta'lim muassasasi tarbiyaçisi lavozimlarida işlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Çilonzor tumani sobiq hokimi «Suvsoz» DUK boşqaruvçisi etib tayinlangandi.