Özbekistonda transport vositalarini majburiy tarzda texnik körikdan ötkaziş tartibi takomillaştiriladi. Bu 2018-2022 yillarda Özbekiston Respublikasida yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş konsepsiyasini 2018-2019 yillarda amalga oşiriş böyiça "Yöl xaritasi"da nazarda tutilgan.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining quyidagilarni nazarda tutadigan qarori loyihasi 2018 yil oktabr oyiga qadar işlab çiqiladi:
oxirgi uç yilda majburiy texnik körikdan ötkazilmagan transport vositalarini inventarizatsiya qiliş;
utilizatsiyaga topşiriladigan yoki realizatsiya qiliş maqsadida qismlarga bölinadigan transport vositalarini DYHXX organlari hisobidan majburiy tarzda öçiriş tartibini belgilaş;
transport vositasi utilizatsiya qilişga yoki realizatsiya qiliş maqsadida qismlarga bölişga topşiriladigan bölsa, uni majburiy texnik körikdan ötkazişga öz vaqtida topşirmaganlik uçun ma'muriy jarima undiriş normasini çiqarib taşlaş;
fuqarolarning özini özi boşqariş organlarini va nodavlat taşkilotlarni keng jalb qilgan holda transport vositalarini texnik körikdan ötkaziş tartibi majburiyligi va muhimligini muntazam tarğib qiliş.
Bu borada IIV, Avtomobil transporti agentligi, «Özavtosanoat», Adliya vazirligi, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi, manfaatdor vazirliklar va idoralar mas'ul etib belgilandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi ötkazilişi xabar qilingandi.












