Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Turkiya yetakçisi Rajab Toyyib Erdöğan bilan telefon orqali muloqot vaqtida mamlakatlar örtasida erkin savdo hududini yaratiş masalasini muhokama qildi. Bu haqda u tvitterdagi öz sahifasida yozgan.

«Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan telefon orqali muloqot davomida Ukraina hamda Turkiya örtasida erkin savdo böyiça kelişuvni imzolaş borasidagi muzokaralar jarayonini jadallaştiriş muhokama etildi», - deya yozgan Poroşenko.

Uning qöşimça qilişiça, tomonlar, şuningdek, energetika, aviatsiya va mudofaa sohalaridagi hamkorlikni ham körib çiqqan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukrainaning MDHdan çiqişi qanday oqibatlarga olib kelişi aytilgandi.