Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.
Rasmiy maʼlumotga köra, Savdo-sanoat palatasi Qiziriq tumani bölimi boşliği M.Ç. fuqaro O.B.ga dehqon xöjaligi taşkil etişi uçun auksion orqali 2 gektar yer maydoni olib berişni vaʼda qilgan.
U fuqarodan firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aytilgan 5 mln sömni O.B.ga qaytarib berayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi - firibgarlik bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

















