Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks bo‘yicha terma jamoa vakillari Rufat Risqiyevni ziyorat qildi va G‘ofur Rahimov maktubini topshirdi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari va a'zolari mashhur bokschi Rufat Risqiyevning xonadonida bo‘ldi.
23 may kuni amalga oshirilgan tashrif davomida Rufat Risqiyev bilan ochiq suhbat qurildi, uning boksga doir maslahatlari va tasviyalari olindi.
Shuningdek, boks bo‘yicha milliy terma jamoa a'zolari afsonaviy o‘zbek sportchisiga AIBA vaqtinchalik prezidenti G‘ofur Rahimovning maktubini yetkazishdi.
Maktubda, jumladan, shunday deyiladi: “Siz boks bo‘yicha jahon chempioniga aylangan birinchi o‘zbek sportchisisiz. Aynan siz tufayli O‘zbekistonda buyuk chempionlar avlodi yetishib chiqdi. AIBA ijroiya qo‘mitasi a'zolari va men Sizga hamda Sizning oilangizga Siz uchun og‘ir bo‘lgan hozirgi damlarda barcha tomonlama qo‘llab-quvvatlov taqdim etishga tayyormiz”.

Eslatib o‘tamiz, bundan 2 yil muqaddam afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev koma holatiga tushib qolgan, uning oyog‘i venalar trombozining og‘irlashishi tufayli amputatsiya qilingandi.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda 68 yoshda bo‘lgan Rufat Risqiyev – Jahon chempioni va Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori. AQSh, Kuba, Avstriya, Yugoslaviya, Ispaniyada o‘tkazilgan xalqaro turnirlar g‘olibi.
Mavzuga oid
17:53 / 14.11.2025
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov doping tufayli 3 yilga chetlatildi
21:19 / 28.10.2025
Pakyao va Meyvezer revansh jangini o‘tkazadi
19:36 / 22.09.2025
Bokschi o‘n yillar oldin qo‘lga kiritgan medalini o‘zini adolatli tarzda mag‘lub etgan raqibiga qaytardi
18:37 / 19.09.2025