Ayni paytda yurtimizda maktabgaça ta'lim sohasini tubdan yangilaş, sohaga ilğor xorijiy tajribalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etiş borasida katta işlar boşlab yuborilgan.

Samarqand viloyat maktabgaça ta'lim boşqarmasi tomonidan şahardagi 98-maktabgaça ta'lim muassasasida bölib ötgan MTMlarda soğlom ovqatlantirişni taşkil etişning yangi usullari, autsorsing xizmati va uning qulayliklari mavzusida amaliy seminar taşkillaştirildi.

98-boğçaning jajji tarbiyalanuvçilari ijrosidagi badiiy çiqişdan söng viloyat maktabgaça ta'lim boşqarmasi boşliği Nigora Sadinova sözga çiqdi.

Ayni paytda Samarqand viloyatida 579 davlat va nodavlat maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyat körsatayotgan bölib, ularda 75 mingdan ziyod bolajonlar tarbiyalanmoqda. Viloyat hokimining MTMlarda autsorsing xizmatini taşkil etiş töğrisidagi qaroriga asosan, Samarqand şahridagi bir qator boğçalarda, jumladan 98-MTMda sinov tariqasida uşbu yangi xizmat turi taşkil etildi.

Autsorsing nima? Ma'lumki, barçamiz örganganmiz, könikkanmiz boğçalarda ovqatlaniş bolalarni öyin va dam oliş guruhlarining özida amalga oşiriladi. Autsorsing xizmatiga köra, bolalarga taomni boğça xodimlari emas, çetdan tadbirkor pişirib, tayyorlab beradi va bolalar guruhlarda emas, umumiy oşxonada ovqatlantiriladi.

Sinov tariqasida taşkil etilgan bu xizmatni 98-MTMda «Gold Platan» xususiy korxonasi körsatmoqda. Korxonaning öz non, qandolat maxsulotlari, yaxna içimliklar va şarbat işlab çiqariş sexi bor. Parrandaçilik va çorvaçilik kompleksi mavjud. Özi yetiştirgan mahsulotlarni taşib yetkaziş uçun barça transport vositalariga ega.

Boğçalarda «keytring» xizmat turlarini ham yölga qöyiş ham möljallanmoqda. Bunda taomlar boğçaning özida emas, yetkazib beruvçi korxonada tayyorlanadi va qadoqlanadi. Bir boğçada tayyorlangan taomlar yaqin oradagi boşqalariga yetkazib berilişi ham «keytring» xizmatiga misol böla oladi.

98-MTMda amalda namoyiş etib berilgan uşbu yangilik seminarga taşrif buyurgan tuman MTM bölimi rahbarlari, boğça mudiralari va xususiy tadbirkorlarda juda katta qiziqiş uyğotdi.

«Maqsadimiz amalda namunaviy tarzda taşkil etgan uşbu xizmatni viloyatdagi MTM mutasaddi rahbarlari va tadbirkorlarga namoyiş etib, ma'lum bir yönaliş berişdan iborat», — dedi Kun.uz muxbiriga viloyat maktabgaça ta'lim boşqarmasi boşliği N.Sadinova.

Seminar iştirokçilari qator yillardan buyon ta'lim va tibbiyot muassasalari uçun inventarlar, mebellar va sport anjomlari hamda buyumlari işlab çiqaruvçi «Stekloplastik» MÇJga ham taklif qilindi.

Aprel oyida viloyat maktabgaça ta'lim boşqarmasi va Janubiy Koreyaning Dongguk universiteti maktabgaça ta'lim fakulteti bilan anglaşuv memorandumi tuzilgan edi. Janubiy koreyada MTMlarda foydalaniladigan mebel va inventarlardan andoza olingan holda «Stekloplastik» MÇJda ham yorqin rangli turli meballar, öyin zonalari, bolalarning jismoniy soğlom bölişiga yordam beruvçi trenajyorlar körgazmaga qöyildi. «Qörğonçai bolo» MÇJ tomonidan taqdim etilgan turli körgazmali qurollar bolalarning fikrlaşi va ongini östirişga xizmat qiladigan didaktik materiallar ham töplanganlarda katta qiziqiş uyğotdi.

«Korxonamiz qariyb 20 yildan buyon Xalq ta'limi vazirligining buyurtmasi asosida ta'lim muassasalariga mebel va invetarlar yetkazib beriş bilan şuğullanib kelmoqda. Biz Janubiy Koreya va boşqa davlatlardagi şaroitlar bilan tanişdik, endi bugungi kun talabidan kelib çiqib, yangi turdagi mebellarni işlab çiqib, boğça mudiralari, şeriklik asosida olgan tadbirkorlar e'tiboriga havola etdik. Işlab çiqarayotgan jihozlarimizning barçasi davlat standarti va SanPin me'yorlariga mos keladi», — deydi «Stakloplastik» MÇJ boşqaruvi raisi Öktam Saidmurodov.

«Men Urgut tumanidan keldim. 65 yoşdaman, fermerman, oziq-ovqat mahsulot işlab çiqaruvçi xususiy korxonalarimiz ham bor. Özimiz, farzandlarimiz çang loyga botib katta böldik, endi nevalaraimiz 120 örinli xususiy boğça taşkil qilmoqçiman. Non, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavotlar özimizdan çiqadi. Özimga tegişli yer maydonidan zamonaviy loyiha asosida barpo etmoqdaman. Ayni paytda quriliş işlari ketmoqda. Bu yerga kelib közim quvnayapti. Şunçalik ajoyib mebellar, jihozlar bor ekan. Albatta, boğça binosi işga tuşgaç bulardan xarid qilaman», — deydi tadbirkor Fazilat aya Aliqulova.

Seminar va mahsulotlar körgazmasi iştirokçilarda juda katta qiziqiş uyğotdi. Töplanganlarni qiziqtirgan savollariga işlab çiqaruvçilarning vakillari tuşuntiriş berib, javob qaytarib turişdi.

Şuhrat Şokirjonov,
Kun.uz muxbiri