Toşkentda hokim vazifasini bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayev tomonidan piyodalar svetoforlarini teskari sanoq taymeriga ega svetoforlarga almaştiriş loyihasi boşlandi, deb yozadi Gazeta.uz. Ilk 6ta svetofor 24 may kuni poytaxt markazidagi Zarafşon va Matbuotçilar köçalari kesişmasiga örnatildi.

Yangi svetoforlar yöllarni piyodalar uçun qulayroq va xavfsizroq qiliş maqsadida, birinçi navbatda piyodalarning katta oqimi kuzatiladigan joylarga, şuningdek, köçalarning tirband va xavfli qismlariga örnatiladi.

Svetoforlar birinçi navbatda almaştiriladigan joylar röyxati tuzilgan, u töldirib boriladi. Birinçi bosqiçda Özbekistonda işlab çiqarilgan yoruğlik diodli svetoforlarni sotib oliş rejalaştirilmoqda. Avtomobillar uçun taymerli svetoforlarni örnatiş rejalaştirilmayapti.

Yaqin kunlarda quyidagi köçalarda svetoforlar almaştiriladi:

1. Mustaqillik (Darxondagi piyodalar ötiş joyi);
2. Mirzo Uluğbek — Musavvirlar;
3. Parkent (Parkent bozori qarşisidagi ikkita piyodalar ötiş joyi);
4. Afrosiyob köçasi («Moviy gumbazlar» xiyoboni yonidagi piyodalar ötiş joyi);
5. Şota Rustaveli — Minglar;
6. Şota Rustaveli (Askiya bozori va Muqimiy oraliğiga);
7. Muqimiy köçasi (173-maktab);
8. Muqimiy köçasi («Sport tovarlari» çorrahasi);
9. Moyqörğon — Binkat (AQŞ elçixonasi yaqinida).