2018 yilning 25 may kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Ummon Sultonligining mamlakatdagi öz missiyasini yakunlayotgan favqulodda va muxtor elçisi Muhammad bin Said bin Muhammad al-Lavatini qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida qöşma kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan BMT, IHT va boşqa xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorlik muhokama qilindi.
Uçraşuvda tomonlarni qiziqtirgan barça sohalarda Özbekiston-Ummon munosabatlarining barqaror va ildam tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ta'kidlanganidek, Özbekistonning Maskat şahridagi elçixonasi faoliyatining boşlanişi ikki tomonlama hamkorlik tarixida yangi sahifa oçadi.
Vazir samarali faoliyati hamda mamlakatlar va xalqlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş va rivojlantirişdagi şaxsiy hissasi uçun elçiga minnatdorlik bildirdi va yangi tayinlanadigan mansablarda muvaffaqiyatlar tiladi.
Mazkur lavozimda deyarli 6 yil işlagan elçi öz navbatida Özbekiston hukumati va TIVga Ummon diplomatik missiyasi rahbari vazifalarini bajarişda körsatilgan kömak uçun minnatdorlik bildirdi.












