Internetda Moskvadagi “Vell Xaus” turar-joy majmuasi tomidan olingan video paydo böldi. Videoda majmuaning 47-qavatidan deyarli 400 kg keluvçi oynaning pastga tuşib ketişi tasvirlangan.   

Voqea oyna kran yordamida yuqoriga kötarilayotganda yuz bergan. 

“Tomda örnatilgan kran yordamida oynani kötarayotgan edik. Kran 500 kg gaça yuk kötara oladi, oynaning oğirligi 380 kg ni taşkil qiladi va yana qöşimça 45 kg keladigan sörğiç. Biz tomondan xatoga yöl qöyilmagan, kran qöşimça yuklar bilan kuçaytirilgan, tros közdan keçirilganda şikastlanişlar aniqlanmagan. Oyna pölat trosning uzilişi hisobiga tuşib ketgan va köplab vayronalarga olib keldi”, deb aytilgan videoda.

Videoda oyna bir neça ön metrga pastga tuşib ketib, söngra uy devoriga urilib, çil-çil bölib ketganini köriş mumkin.
 

Rolik muallifining ta'kidlaşiça, heç kimga şikast yetmagan. Işçilar binoning fasadini tiklaş işlarini olib borişmoqda.