Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In 1 iyunda yuqorida darajadagi muzokaralar ötkazişga kelişib olişdi. Bu haqda ularning 26 maydagi uçraşuvlari natijalariga köra Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.

Avvalroq Mun Çje In va Kim Çen In 26 may kuni Pxanmunjom punktida uçraşuv ötkazişgani ma'lum qilingandi. Bu ularning ikkinçi uçraşuvi böldi.

“Şimol va Janubning oliy rahbarlari 1 iyunda muzokaralar ötkazişga va turli sohalarda, jumladan Qizil Xoç va harbiy yönaliş böyiça muzokaralar ötkazişga kelişib olişdi”, deb aytilgan xabarda. 
Şuningdek, ikki davlat yetakçisi köproq uçraşib turişga kelişib olgan.

Dastlab muzokaralar 16 may kuni bölib ötişi kerak edi, biroq uning arafasida Şimol Janubni 11 may kuni boşlangan AQŞ-Janubiy Koreya harbiy maşğulotlari sababli muzokaralarni bekor qilişidan xabardor qilgan.