
Toşkent şahrida Yaşnobod va Mirzo Uluğbek tumanlari tutaşgan hududda Özbekiston tarixida ilk marta 3 poğonali köprik qurilişi boşlandi. Bu haqda Toşkent şahar hokimining kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça birinçi örinbosari Nodirjon Maksumov Kun.uz'ga xabar qildi.
Ma'lum qilinişiça, Toşkent şahrida Maxtumquli, Temur Malik, Parkent köçalari va Ohangaron şossesi kesişgan nuqtada 3 poğonali köprik quriladi. Uning ostida - Ohangaron şosse yönalişi böyiça yöl ötkazuvçi tunnel, örtasida - çorraha kesişmasini aylana yöl tarziga aylantiriş, ustida - köprik qurilişi rejalaştirilmoqda.
«Yana bitta köprik böladi. Bu Toşkent mexanika zavodida işlab çiqarilgan samolyotlarni olib çiqişga möljallangan», deydi köprik qurilişi bilan şuğullanayotgan firma vakili.
Quriliş işlari allaqaçon boşlangan. Ayni paytda, quriliş yakuniga qadar foydalaniş uçun yordamçi yöllar hozirlanmoqda. Nodirjon Maksumovning aytişiça, köprik qurilişining birinçi bosqiçi tunnelni qaziş bilan boşlanadi, bir vaqtning özida, tunnel ötkazilişi nazarda tutilgan yöl ostidagi kommunikatsiyalar çetga suriladi.
«Bu holatda yöl çetidagi 21ta uy majburiy buzilişi talab etiladi. Bu masala ham tez orada öz yeçimini topadi», deb ta'kidlaydi hokim örinbosari.
Quriliş loyihasi va işlarining barçasi mahalliy mutaxassislar tomonidan tayyorlanmoqda. Toşkent şahridagi 3 poğonali köprik 2019 yil foydalanişga topşirilişi kutilyapti.











