Xiaomi Mi 8 flagman smartfoni taqdimotiga sanoqli kunlar qoldi, şu bois ijtimoiy tarmoqlarda yangi mobil qurilma haqidagi ma'lumotlar tarqalmoqda. Bugun xitoylik manbalar yangi smartfonning rasmiy posterini joylaşdi, unda telefonning barça xususiyatlari örin olgan. Foydalanuvçilarga 3D Face yuz skaneri, ikki asosiy kamera va şişa korpusli yangi qurilma namoyiş etilişi kutilmoqda. 

Xiaomi Mi 8 - 3D Face yuz skaneri bilan tölaqonli ta'minlangan Android bazadagi ilk mobil qurilma böladi. U Apple'ning Face ID tizimi muqobilidir. U hozirça faqat iPhone X'da qöllanmoqda, biroq tez orada bunday komponentni sentabrda taqdimoti kutilayotgan boşqa telefonlarda ham köriş mumkin. Bu modul yoruğ şaroitda ham, tim qoronğulikda ham birdek yaxşi işlaydi. 

Foto: akket.com

Yangi qurilmaning orqa qopqoği şişadan tayyorlangan. Yuqori burçagida ikki asosiy kamera joylangan. Bu telefonning aynan qanday barmoq izlari skaneriga ega bölişi hozirça noma'lum. U yo AMOLED-texnologiya böyiça tayyorlanib displeyga joylanadi, yoki şunçaki Mi 6X'dagi kabi orqa korpusda böladi. 

Foto: Youtube /TechTalkTV

Ma'lumotlarga köra, Xiaomi Mi 8 smartfoni 2,8 GGts çastotali sakkiz yadroli Qualcomm Snadragon 845 protsessori bilan jihozlanadi. Mobil qurilma AI sun'iy intellektini qöllab-quvvatlaydi. 

Yangi smartfonning rasmiy taqdimoti 31 may kuni bölib ötadi.