Qozoğiston Rossiya va Germaniyaning vakolatli organlaridan respublikaga ikki bankirni ekstraditsiya qilişni söradi, ular juda yirik miqdorda firibgarlik qilişda gumonlanmoqda. Bu haqda Qozoğiston Davlat xizmati işlari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça agentligi vakili Nurlan Jaxin xabar berdi.

Uning ma'lumotiga köra, Qozoğiston boş prokuraturasi "Bank RBK" AJ boşqaruvi raisi sobiq maslahatçisi, Rossiyada qölga olingan Jömart Yertayevni, şuningdek, "Qazaq banki" AJ sobiq aksiyadori, Germaniyada qölga olingan Baxit Ibrohimni ekstraditsiya qiliş haqida söragan. Ularning har ikkisi bir jinoiy iş böyiça gumonlanmoqda.

"Yertayev va Ibrohim tergov organlaridan xorijda yaşiringani sababli, sud tomonidan ular xalqaro qidiruvga berildi hamda qamoqqa oliş tarzida ehtiyot çorasi qöllanilişi yuzasidan qaror çiqarildi. Boş prokuratura tomonidan Rossiya va Germaniyaning tegişli organlariga ularni Qozoğiston Respublikasiga ekstraditsiya qiliş töğrisida murojaatlar yuborildi", - deya xabar bergan Jaxin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ostona va Olmaotada norozilik namoyişlari yuz bergani, önlab kişilar qölga olingani xabar qilingandi.