“Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiya idoraviy akademik litseylarining faoliyatini takomillaştiriş çora tadbirlari” qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi idoraviy akademik litseylari töğrisidagi nizomga köra, Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi idoraviy akademik litseylarga umumiy rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini töliq moliyalaştiradi va moddiy-texnik jihatdan ta'minlaydi.
Quyidagilar idoraviy akademik litseylarining vazifalari hisoblanadi:
öquvçilarni örta maxsus ta'limi Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq sifatli öqitişni taşkil etiş;
ta'limning uzluksizligini va izçilligini, umumta'lim muassasalari öquv dasturlarining örta maxsus ta'limi muassasalari öquv dasturlari bilan uzviy boğliqligini, öquvçilar tomonidan muntazam bilimlar olinişini ta'minlaş, ularda bilim oliş ehtiyojini rivojlantiriş, bazaviy öquv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni şakllantiriş;
yoşlarni Vatanga sadoqat, yuksak fuqarolik hamda demokratiya, mustaqillik ğoyalariga, öz xalqining ma'naviy va tarixiy qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalaş;
vatanparvarlik va ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bölgan, keng rivojlangan, yuqori malakali yoşlarni tarbiyalaş, öquvçilarda milliy hamda tarixiy qadriyatlarni uyğunlaştiriş asosida öz Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni şakllantiriş;
öquvçilarga qonunçilikni töğri tuşunişni va ularga ongli rioya qilişni ta'minlaydigan yuksak madaniyatni, könikmalarni, faol ijtimoiy-fuqarolik xulq-atvorni, Vatan kelajagi uçun öziga mas'uliyatni oliş hamda davlat mustaqilligini himoya qilişini tayyor bölişga ta'minlaş nuqtai nazardan mustahkam qaraşlar va qat'iy fuqarolik pozitsiyani singdiriş;
idoraviy akademik litseyi ta'lim yönalişiga muvofiq, öquvçilarni tegişli mutaxassisliklar böyiça Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti, oliy harbiy va oliy ta'lim muassasalarida öqişni davom ettirişlari uçun çuqurlaştirilgan kasbiy tayyorgarligini ta'minlaş;
xizmat va harbiy burçini ado etişda zarur bölgan professional harbiy va ijodiy könikmalarni şakllantiriş;
respublika va xorijiy mamlakatlar ta'lim muassasalarining ilğor tajribasini inobatga olgan holda öquv-tarbiya jarayonini taşkil etiş;
öquv-tarbiya jarayonida ilğor pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalar qöllanilişini ta'minlaş;
öquvçilarda jismoniy çidamlilik, kuç, çaqqonlik va tezkorlikni rivojlantiriş.
Idoraviy akademik litseylarining ta'lim yönalişlari Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Idoraviy akademik litseylarida öquvçilar bilimini baholaş Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilangan mezonlar asosida amalga oşiriladi.
Öqiş tamom bölgandan keyin har bir kursda reyting nazorati va attestatsiya natijalari böyiça idoraviy akademik litsey öquvçilarini navbatdagi kursga ötkaziş töğrisida qaror qabul qilinadi. Öquvçilarning kursdan kursga ötişi idoraviy akademik litsey direktorining buyruği bilan amalga oşiriladi.
Idoraviy akademik litseyiga öqişga qabul qilinadigan şaxslar öquvçilar deb ataladi, ularga belgilangan namunadagi öquvçi bileti va özlaştiriş daftarçasi beriladi.
Idoraviy akademik litseyda öqiş muddati ikki yildan iborat böladi.
Idoraviy akademik litseyini tamomlagandan keyin bitiruvçilarga davlat namunasidagi diplom va egallagan mutaxassisligi böyiça sertifikat beriladi.
Idoraviy akademik litseylariga öqituvçilar tanlov asosida işga qabul qilinadi.
Idoraviy akademik litseyiga Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondoni tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Idoraviy akademik litseylari direktorlarining örinbosarlari Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondonligi bilan kelişilgan holda idoraviy akademik litseyi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Direktor:
idoraviy akademik litseyi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
öquvçilarning sifatli öqitilişi va tarbiyalanişi, öquv rejalari
va dasturlarining bajarilişi, idoraviy akademik litseyining öquv-metodik va moliyaviy-xöjalik faoliyati uçun javob beradi;
xodimlar va öqituvçilarni işga qabul qiladi va işdan böşatadi;
belgilangan ştatlar jadvaliga asosan xodimlar soni va mehnatga haq tölaş fondi doirasida pedagog xodimlarning tarifikatsiya böyiça röyxatlarini Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Moliya-iqtisod boşqarmasiga taqdim qiladi.












