Moskva şahrining Taganka sudi Telegram vakillari FXXga şifrlaş kalitlarini taqdim etiş imkonsiz ekaniga oid dalillarni taqdim etmadi, degan xulosaga keldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Sud qaroriga köra, Telegram qonun doirasida harakat qilişi va federal ijro organiga messenjer xabarlarini koddan çiqariş imkonini beradigan ma'lumotlarni taqdim etişi lozim.

«Telegram Messenger Limited Liability Partnership manfaatdor şaxsning «Axborot, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qiliş töğrisida»gi Federal qonunning 10.1-moddasi 4.1-qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni texnik sababga köra bajara olmaslik böyiça tuşuntirişi talablarni qanoatlantirişdan boş tortiş uçun asos böla olmaydi», - deyiladi qarorda.

Bundan taşqari, sudya iş materialida Telegram qonunçilik bilan nazarda tutilgan talabni bajariş imkoniga ega emasligiga doir ma'lumotlarni aniqlamagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Telegram Apple tomonidan bloklaş amalga oşirilayotganini ma'lum qilgandi.