Dunyodagi eng uzun aviareys 11 oktabrda yana yölga qöyilmoqçi. Bu haqda Airlines Ratings ma'lum qildi. 

Singapurdan Nyu-Yorkning “Nyuark Liberti” xalqaro aeroportiga parvozni Singapore Airlines aviakompaniyasi yangi Airbus A350-900ULR samolyotida amalga oşiradi. Samolyot osmonda 18 soat 45 daqiqa bölib, qönişlarsiz 16,7 ming km masofani uçib ötadi. 

Dastlab parvozlar haftasiga 3 marta: duşanba, payşanba va şanba kunlari amalga oşiriladi. Keyinroq aviakompaniya yönalişga yana bitta samolyotni qöyadi va parvozlar har kuni amalga oşiriladi.

Airbus A350-900ULR samolyoti biznes-sinfdagi 67 ta va premial ekonom sinfdagi 94 ta örinni öz içiga oladi. Reysga çiptalarni 31 may kunidan boşlab xarid qiliş mumkin böladi.  

“Singapur havo yöllari” Singapur-Nyu-York yönalişi böyiça avvalroq ham parvoz amalga oşirgan, biroq ular 2013 yilda A340-500s samolyoti çiqarilmay qöyilgani sababli töxtatib qöyilgandi. Samolyot 15344 km yölni 18 soatdan biroz köproq vaqtda uçib ötgan.

2017 yilda Qantas aviakompaniyasi Avstraliyaning Pert şahridan Londonga ilk qönişlarsiz parvozni amalga oşirdi: Boeing 787-9 Dreamliner 14,5 ming km masofani 17 soatda uçib ötgan.