Afğonistonda davom etayotgan qarama-qarşiliklardan ayri ravişda «Tolibon» harakati a'zolari afğon hukumati bilan muzokaralar stoliga ötirgan, deb iddao qilmoqda AQŞ va NATO kuçlarining Afğonistondagi generali Jon Nikolson. 

«Diplomatik faollik, asosan, sahna ortida va turli darajadagi uçraşuvlar bilan davom etmoqda», deydi amerikalik general. 

Uning ta'kidlaşiça, «Tolibon» harakatining örta va yuqori martabali rahbariyati hukumat bilan yaxşi aloqalarni örnatişga harakat qilmoqda. 

General uşbu muzokaralarning boşlanişi bilan mamlakat hududida qöporuvçilik harakat fevraldan aprelga qadar ötgan beş yildagi mos davr bilan soliştirganda 30 foizga kamayganini aytdi. 

Nikolson Afğonistondagi vaziyatni Kolumbiyada yuz bergan hodisalarga öxşatişini bildirdi. Kolumbiyada ham qurollangan FARK guruhi qöporuvçilik işlari bilan birga hukumat vakillarini muzokaraga çorlagandi. Oqibatda, 2016 yili tinçlik şartnomasi imzolangan. ​