Afğoniston taşqi işlar vaziri Amir Xon Muttaqiyning The New York Times naşriga aytişiça, AQŞ Kobuldagi elçixonasini qayta oçişi, diplomatik vakolatxona faoliyatini tiklaşi va infratuzilma hamda foydali qazilmalar sohasiga sarmoya kiritişi mumkin.

«Uruş davri tugadi. Endi özaro hurmat va ijobiy hamkorlikka asoslangan yangi munosabatlarni xohlaymiz», - dedi Muttaqiy.

Biroq Kobul AQŞ harbiylarining Afğonistonga qaytişiga qarşi. Muttaqiy afğonlar mamlakat hududida xorijiy qöşinlar joylaştirilişiga rozi bölmasligini bildirdi. Bu pozitsiya AQŞ prezidenti Donald Trampning Bagrom aviabazasi ustidan nazoratni qaytariş zarurligi haqidagi avvalgi bayonotlariga zid.

«Tolibon» AQŞning Afğonistonda qoldirilgan qurol-yaroğlarini qaytariş va 2022-yilda Kobulda bedarak yöqolgan AQŞ va Afğoniston fuqarosi Mahmud Habibiyni ozod qiliş talablarini ham bajarmagan.

Vaşington esa «Tolibon»ni hozirça Afğonistonning qonuniy hukumati sifatida tan oliş niyatida emas. AQŞ Davlat departamentiga köra, Kobul xavfsizlikni ta’minlaş va xalqaro terrorçilik guruhlariga qarşi kuraş böyiça bergan va’dalarini bajarmagan. AQŞ, şuningdek, afğon hududi xorijdagi hujumlarni tayyorlaş uçun yana bazaga aylanişidan xavotirda.

Şu bilan birga, Kobul Vaşington va Yevropa davlatlari tan olişini kutmasdan taşqi aloqalarini kengaytirmoqda. Afğoniston Rossiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik kelişuvini tuzgan, Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Özbekiston bilan önlab savdo bitimlarini imzolagan. Şuningdek, Fors körfazi mamlakatlari bilan ham aloqalarni rivojlantirmoqda.

Kobul AQŞ investitsiyalarini jalb qilişda mamlakatning tabiiy boyliklariga umid qilmoqda. Afğoniston litiy, mis, temir rudasi va kamyob yer elementlariga boy. Bu resurslar elektronika, akkumulyatorlar, energetika va mudofaa sanoati uçun muhim hisoblanadi. AQŞning Xitoy bilan strategik raqobati fonida Kobul amerikalik kompaniyalarni konlarni özlaştirişga jalb qilişni istamoqda.

Biroq Afğonistonda toğ-kon sanoatini rivojlantiriş böyiça avvalgi urinişlar katta natija bermagan. 2004–2021-yillarda AQŞ bu sohaga qariyb 1 milliard dollar yönaltirgan, ammo uruş, korrupsiya, zaif davlat institutlari, infratuzilmaning yetişmasligi va xavfsizlik muammolari loyihalarga tösqinlik qilgan.

«Tolibon»ning içki siyosati esa AQŞ va Ğarb bilan munosabatlarni tiklaşdagi asosiy tösiq bölib qolmoqda. Harakat qizlarning örta va oliy ta’lim olişini taqiqlagan, ayollarning mehnat qilişi, harakatlanişi va jamoat hayotida iştirok etişini keskin çeklagan. Xalqaro jinoyat sudi «Tolibon» rahbari Haybatulla Oxundzodaga ayollar va qizlarni ta’qib qiliş bilan boğliq insoniyatga qarşi jinoyatlar böyiça hibsga oliş orderini bergan.