Jamoatçilikka özini körsatmaydigan, Qandahorda yaşaşi aytiladigan “Tolibon” yetakçisi Haybatulloh Oxundzoda diniy-mafkuraviy siyosatning ortodoksal xarakterini belgilaydi va qurolli tuzilmalarni öz nazoratida uşlaydi. Kobulda esa içki işlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy va unga yaqin doiralar mamlakatdagi tang ahvolni önglaş uçun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş va xalqaro izolyatsiyadan çiqişga köproq urğu bermoqda.
“Tolibon” harakati Afğonistonda hokimiyatni egallaganiga 5 yil töldi. Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar qöşni mamlakatdagi hokimiyat boşqaruvida eng köp közga taşlanayotgan holat – Qandahor va Kobul örtasida vaqti-vaqti bilan tilga tuşib turadigan qarama-qarşilik haqida söz yuritdi.
- “Tolibon” guruhi içida Haybatulloh Oxundzoda va Sirojiddin Haqqoniy qaraşlaridagi tafovutlar qançalik jiddiy?
Hamza Boltayev: “Tolibon”da mafkuraviy masalalar, milliy iqtisodiyotni rivojlantiriş va taşqi siyosatga munosabat borasida muayyan içki tafovutlar mavjud. Mafkuraviy va içki siyosat masalalarida Qandahorning roli ustun. Buning asosiy sababi – “Tolibon” harakatining ğoyaviy asosçilari va uning asosiy rahbarlarining katta qismi aynan şu hududdan çiqqani hamda hozirda ham harakatning yuqori lavozimlarini egallab turganidir. Şu bois davlatning mafkuraviy qiyofasi, identifikatsiyasi va içki siyosatining asosiy yönalişlarini belgilaşda Qandahor katta taʼsirga ega.
Bugungi “Tolibon”ning davlat qurilişi fundamental islomiy ğoyalarga asoslangan. Bu yondaşuv qabila-uruğçilikdan köra, islomiy tamoyillarga tayangan davlatçilik modelini şakllantirişga qaratilgan. Mazkur mafkuraviy siyosatni amalga oşiriş va uni mamlakat böylab taʼminlaş uçun xavfsizlik tizimi ustidan qatʼiy nazorat örnatilgan. Afğonistonda xavfsizlik, razvedka va mudofaa tuzilmalari ana şu siyosatning asosiy tayançi hisoblanadi. Bu jihatdan Qandahorning taʼsiri ayniqsa kuçli. “Tolibon”ning qurolli kuçlari va xavfsizlik tizimida xizmat qilayotgan mujohidlarning katta qismi ğoyaviy jihatdan Qandahorga tayanadi.
Hatto Kobuldagi hukumat idoralari, jumladan Taşqi işlar vazirligi binosi yoki şahardagi nazorat punktlarida ham xavfsizlikni taʼminlayotgan kuçlar Qandahordan tayinlanişi Qandahorning bu boradagi taʼsirini körsatadi.
Şuning uçun mafkuraviy siyosat va xavfsizlik masalalarida Qandahor hal qiluvçi mavqega ega. Biroq bu holatni Qandahor “ğoyaviy poytaxt”, Kobul esa “siyosiy poytaxt” degan oddiy ikki qutbli model bilan izohlaş töğri bölmaydi. Masalaning mohiyati şundaki, “Tolibon” içida mafkuraviy ustuvorlik bilan pragmatik boşqaruv ehtiyojlari örtasida muvozanat mavjud. Ayniqsa, taşqi siyosat va milliy iqtisodiyotni rivojlantiriş masalalarida pragmatik yondaşuv tarafdorlarining taʼsiri kuçli. Bu yönalişda Kobulning pozitsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Çunki “Tolibon”ning hokimiyatda uzoq muddat qolişi va öz legitimligini taʼminlaşi faqat mafkuraviy ustunlik bilan çeklanmaydi. Iqtisodiyotni rivojlantiriş, moliyaviy resurslarni topiş, taşqi savdoni yölga qöyiş va xalqaro hamkorlarni tanlaş zarur.
Şu sababli hozirgi “Tolibon” avvalgi “Tolibon”dan farqli ravişda nafaqat mafkuraviy maqsadlar, balki davlatning iqtisodiy jihatdan yaşab qolişi va xalqaro maydonda öz mavqeyini mustahkamlaş masalalarini ham hisobga olişga majbur.
Aynan şu nuqtada pragmatik qanotning, xususan, Kobuldagi siyosiy va iqtisodiy doiralarning ovozi kuçaymoqda. Demak, “Tolibon” içidagi tafovutni şunçaki Qandahor va Kobul örtasidagi qarama-qarşilik sifatida emas, balki mafkuraviy ustuvorlik bilan davlatni boşqariş, iqtisodiyotni rivojlantiriş va taşqi aloqalarni kengaytiriş zarurati örtasidagi içki muvozanat sifatida köriş maqsadga muvofiq.
Anvar Yöldoşev: “Tolibon” içidagi asosiy içki ziddiyat Qandahor qanoti, yaʼni oliy diniy rahbar Haybatulloh Oxundzoda tarafdorlari bilan Xost va Paktikadan çiqqan haqqoniylar guruhi örtasida keçmoqda. Sirojiddin Haqqoniy – “Tolibon”ning nufuzli rahbarlaridan biri. Uning otasi Jaloliddin Haqqoniy Afğonistondagi uruşlar davrida eng katta taʼsirga ega dala qömondonlaridan biri bölgan. Sirojiddin yoşligidan otasi bilan birga faoliyat yuritgan, Pokistonda diniy taʼlim olgan va keyinçalik Haqqoniy tarmoğining boşqaruvida muhim mavqe qozongan.
Jaloliddin Haqqoniy vafotidan keyin, 2018-yilda, uning örnini Sirojiddin egallagan. Sirojiddin Haqqoniy uzoq vaqt AQŞ tomonidan qidiruvda bölgan va uning qölga olinişi uçun 10 million dollar mukofot eʼlon qilingan edi. Biroq 2025-yil mart oyida AQŞ uşbu mukofotni bekor qildi. Şunga qaramay, Haqqoniy va Haqqoniy tarmoği xalqaro terrorizmga qarşi sanksiyalar va boşqa çeklovlar doirasida hanuz qolmoqda. Haybatulloh Oxundzoda esa “Tolibon”ning mafkuraviy va diniy yönalişini belgilovçi asosiy şaxs hisoblanadi. U ança konservativ, ortodoksal qaraşlarga ega bölib, davlat boşqaruvida qatʼiy diniy tamoyillarni saqlab qoliş tarafdori.
Haqqoniy esa nisbatan pragmatik yondaşuvni qöllab-quvvatlaydi. Uning qaraşlarida Afğonistonni iqtisodiy jihatdan rivojlantiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş va boşqa davlatlar bilan faolroq munosabat örnatiş masalalari muhim örin tutadi. Xotin-qizlar huquqlari borasida ham Haqqoniy qanoti Oxundzodaga nisbatan yumşoqroq pozitsiyani qöllab-quvvatlayotgani haqida xabarlar mavjud. Aynan şu masalalar Oxundzoda va Sirojiddin Haqqoniy örtasidagi ziddiyatlarning asosiy sabablaridan biri sifatida köriladi.
Haqqoniy Afğonistonning oldingi siyosiy şaroiti ötib ketganini, mamlakat yaşab qolişi va rivojlanişi uçun xorijiy davlatlar bilan hamkorlik zarurligini taʼkidlaydi. Oxundzoda esa mafkuraviy masalalarda murosaga borişni istamaydi. Bu ziddiyat faqat siyosiy qaraşlar bilan çeklanmay, hokimiyat va vakolatlar taqsimotiga ham taʼsir qilmoqda. Ayrim paytlarda Haqqoniyning vakolatlarini, jumladan, u boşqarayotgan tuzilmalarning taʼsirini çeklaşga urinişlar bölgani haqida maʼlumotlar tarqalgan.
Bunda Sirojiddinning yoşi va siyosiy ambitsiyalari ham muhim omil. Oxundzodaning yoşi katta, Haqqoniy esa undan ança yoş va özini “Tolibon”ning keyingi boş rahbari sifatida körişi mumkin. Bundan taşqari, Haqqoniy tarmoği Afğoniston böylab keng aloqalarga va katta taʼsirga ega. Şu sababli uning siyosiy va xavfsizlik sohasidagi salohiyati Oxundzoda uçun jiddiy muvozanat omili hisoblanadi.
Vaqt ötişi bilan bu ziddiyat yanada kuçayişi mumkin. Ayniqsa, Haqqoniy Ğarb davlatlari, Yevropa mamlakatlari va Rossiya bilan aloqalarni rivojlantirişga intilayotgan bir paytda, uning xalqaro maydondagi pragmatik imiji kuçayişi ehtimoldan xoli emas. Şu sababli kelajakda “Tolibon” rahbariyatida hokimiyat almaşinuvi yuz bersa, Sirojiddin Haqqoniy Haybatulloh Oxundzodaning ehtimoliy vorislaridan biri sifatida körilişi mumkin. Biroq bu hozirça aniq siyosiy ssenariy emas, balki “Tolibon” içidagi kuçlar nisbatidan kelib çiqadigan ehtimollardan biridir.
Suhbatni YouTube’dagi “Geosiyosatkunuz” kanalida töliq tomoşa qilişingiz mumkin.
















