Afğonistonda «Tolibon» hukumati tomonidan qabul qilingan politsiya (Şörta) töğrisidagi yangi qonun kuçga kirdi. Hujjat mamlakatda har qanday namoyişlarni ötkazişni birinçi marta qonun darajasida töliq taqiqlaydi va ayni paytda xavfsizlik kuçlarining vakolatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Şörta töğrisidagi qonun «Tolibon» yetakçisi Haybatulloh Oxundzoda tomonidan maʼqullanib, 2026-yil 22-avgustda rasmiy gazetada eʼlon qilingan. Hujjat 53 moddadan iborat bölib, uning ijrosi Içki işlar vazirligiga yuklatilgan.

Afğoniston hududida har qanday namoyişlarni taqiqlovçi 50-modda asosiy yangilik böldi. Qonunda hukumatning miting yoki ommaviy aksiyalar ötkazişga ruxsat berişi mumkin bölgan istisno yoki şartlar közda tutilmagan.

Şu bilan birga, hujjat «Tolibon» hukumati politsiya örniga «Şörta» deb ataydigan tuzilmaning vakolatlarini kengaytiradi. Xodimlarga fuqarolarning şaxsini aniqlaş, odamlarni söroqqa çaqiriş, gumonlanuvçilarni hibsga oliş, tintuv ötkaziş va kuzatuv olib borişga ruxsat beriladi.

Qonun, şuningdek, kuç işlatiş tartibini ham batafsil belgilab beradi. Hujjatga köra, xavfsizlik kuçlari ixtiyorida suv purkagiçlar, qalqonlar, tayoqlar, tösiqlar, qurol-yaroğ va portlovçi moddalar mavjud. 39-moddada xodimlarning qaysi holatlarda qurol qöllaşi mumkinligi belgilangan.

Yangi qonun «Tolibon» 2021-yilda hokimiyatga qaytganidan söng Afğonistonda amalda bölgan çeklovlarni qoğozda mustahkamlaydi. Sönggi yillarda hukumat norozilik aksiyalarini, ayniqsa, öz huquqlarining çeklanişiga qarşi köçalarga çiqqan ayollar namoyişlarini bir neça bor bostirgan edi.