Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) 1988 yilda 31 mayni Jahon çekişga qarşi kuraşiş kuni deya e'lon qilgan, hozirda bu sana BMTning jahon va xalqaro kunlari tizimiga kiradi. JSST va hamkor mamlakatlar har yili jamoatçilik e'tiborini çekiş bilan boğliq xavfga qaratib, bu kunni nişonlaşadi va davlatlarni tamaki iste'moli kölamini kamaytirişga doir samarali siyosat olib borişga çaqiradi.

Dunyoning köplab mamlakatlarida çekiş öz maşhurligini yöqotayotgan bölişiga qaramay, tadqiqotlar çekuvçilarning umumiy soni ösişda davom etayotganini körsatmoqda. Tadqiqotçilarning 187 mamlakat böyiça olgan ma'lumotlariga köra, 1980 yilda har kuni dunyoda 721 million kişi sigaret çekkan bölsa, 2021 yilga kelib bu körsatkiç 967 millionni taşkil qilgan. Ta'kidlaş joizki, sönggi 50 yilda dunyo aholisi soni deyarli ikki baravarga - 7 milliard kişiga ösgan va tabiiyki, bu zararli odatga ega kişilar soni ham ortib bormoqda.

Foto: Getty Images

MDH hududida çekuvçilar soni doimiy ravişda oşib bormoqda. Bugungi kunda dunyoda har uçinçi erkak (31 foiz) va yigirmançi ayol (6 foiz) çekişi qayd etilgan. Bu zararli odatga qarşi eng muvaffaqiyatli kuraş olib boruvçi mamlakatlar Islandiya, Norvegiya, Kanada va Meksika hisoblanadi. Uşbu mamlakatlarda hukumat aholini çekişni boşlamaslikka yoki şunçaki bunday balodan qutulişga köndirişgan. Çekuvçilar soni böyiça dunyo yetakçisi şubhasiz Rossiyadir. Rasmiy ma'lumotlarga köra, bu mamlakatda 65 foizdan ortiq erkak va taxminan 30 foiz ayol sigareta çekadi.

JSST hisobotiga köra, Özbekistonda çekuvçi ayollar soni umumiy çekuvçilar sonining 1,4 foizini taşkil qilgan. Şu bilan birga, respublikada 25,2 foiz erkak tamaki mahsulotlarini iste'mol qiladi. Umuman olganda, mamlakatdagi çekuvçilar soni 13,1 foizni taşkil qiladi.

JSST baholariga köra, Yevropada umumiy hisobda aholining 30 foizi çekadi. Hisobot mualliflarining ta'kidlaşiça, bu Yevropa qit'asida tamaki iste'moli kamayayotganidan dalolat beradi va buni qisman çekişga nisbatan taqiqlov, tamaki mahsulotlari narxining oşişi va bunday mahsulotlarning çekişning salbiy oqibatlari aks etgan suratlar aks etgan qadoqlarda sotilişi bilan boğlaşmoqda.

Özbekistonda bu yönalişda ijobiy qadamlar qöyildi.

Birinçidan, tamaki mahsulotlari reklamasi taqiqlandi. "Reklama töğrisida"gi qonunga kiritilgan tuzatişlarga muvofiq, mamlakatda tamaki va alkogol mahsulotlar reklamasi töliq taqiqlangan. Şuningdek tamaki mahsulotlari yoki spirtli içimliklar nomi, tasviri hamda tovar belgisidan foydalanilgan tadbirlarga homiylik qiliş ham taqiqlandi.

Ikkinçidan, 2011 yilda "Alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatiş va iste'mol qilişni çeklaş töğrisida"gi qonun qabul qilindi. Qonunda alkogol va tamaki mahsulotlari 20 yoşga yetmagan şaxslarga, şuningdek ta'lim, sport va diniy muassasalardan 500 metrdan yaqin joylaşgan savdo obektlarida sotilmasligi qayd etilgan. Şuningdek sigaretlarni donalab sotiş taqiqlandi.

Foto: Pixabay

Uçinçidan, Özbekistonda jamoatçilik joylarida çekişga nisbatan jarimalar joriy qilindi. 2015 yilning 29 dekabrida Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga tuzatiş kiritilgan hujjatni imzoladi. Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 56-1-moddasiga muvofiq, iş joylari, soğliqni saqlaş va ta'lim muassasalari, yonğin xavfi bölgan joylar, şu jumladan avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari va boşqa jamoatçilik joylarida tamaki mahsulotlarini iste'mol qiliş eng kam iş haqining 1/3 summasi barobarida jarimaga tortiladi.

Törtinçidan, 2016 yilning 7 noyabrida soğliqni saqlaş vaziri alkogol va tamaki mahsulotlari iste'molidan ogohlantiruvçi hamda tamaki mahsulotlari uçun maxsus ajratilgan joylar va inşootlar haqida xabardor qiluvçi yozuvlar tuşirilgan tabliçkalarni tayyorlaş va joylaştiriş tartibi töğrisidagi qoidani tasdiqladi. Hujjatda ta'kidlanişiça, yozuv taxtalarini tayyorlaş va joylaştiriş korxona, muassasa va taşkilot rahbariyati, bino yoki obektdan foydalanayotgan iş beruvçi yoki yuridik hamda jismoniy şaxslar tomonidan taşkil qilinadi.

Qabul qilingan çora-tadbirlarga qaramay, mamlakatda hamon ba'zi muammolar kuzatilmoqda.

1-muammo. Donali sigaretlar

Donali sigaretlar taqiqlandi, muayyan muassasalar yonida ularni sotiş mumkin emas, biroq baribir sigaretlar sotilmoqda. Fuqarolik jamiyatini şakllantiriş böyiça Mustaqil monitoring instituti (FJŞMMI)ning tadqiqotlari ham şundan dalolat bermoqda. 2016 yilgi tahlil davomida tamaki mahsulotlari hamon ba'zi ta'lim muassasalari yaqinida sotilayotgani aniqlandi.

"Nima qilay? Pensiya yetmagandan keyin sotişga majburman. Baribir uyda qiladigan işim yöq. Heç bölmaganda kuniga 10-15 ming işlab olaman", - deydi donali sigareta sotuvçilaridan biri.

Vaziyat umuman olganda tuşunarli. Hoynahoy, bundaylarga hatto uçastka nozirlari ham indaşmaydi. Keksa yoşli ayolni haydab, barça sigaretalarini musodara qiliş kerakmi yoki şunçaki bularning bariga köz yumgan ma'qulmi? Bu vaziyatda tarozining ikki pallasini baravar uşlaş juda qiyin: insoniylik qonun ijrosiga qarşi.

2-muammo. Restoranlar - jamoatçilik joyimi?

Keçki soat 9 larda tanişim bilan restoranga kirdik. U yerda jonli musiqa bölgani tufayli musiqaçilar uçun maxsus "tuman" tarqatildi, deb öyladik. Biroq adaşibmiz, bu sigareta tutuni ekan.

Foto: Depositphotos

Ta'kidlaş joizki, bu vaqtda restoranda bolalar va ularning ota-onalari ham ötirişgandi. Boşqa bir burçakda homilador ayol turmuş örtoği bilan ötirgandi. Bolalar, homilador ayol, boşqalar esa paravoz kabi çekib ötirişibdi...

"Restoraningizda çekiş mumkinmi?", - söradik biz.

"Ha, albatta. Biz mijozlarimiz uçun barça qulayliklarni yaratganmiz. Asosiysi, siz mamnun bölsangiz böldi", - dedi ofitsiant qiz.

Ikki haftadan söng odamlar ovqatlanuvçi boşqa bir jamoatçilik joyiga kirdik.

Qölimizga sigareta olişimiz bilan ofitsiant yugurib keldi.

"Keçirasiz, bizda çekiş taqiqlanadi. Çekmoqçi bölsangiz, marhamat qilib, taşqariga çiqsangiz, u yerda çekuvçilar uçun maxsus joy ajratilgan", - dedi u muloyimlik bilan.

Mana sizga real hayotdan ikki misol. Körib turganingizdek, barçasi vijdonga va odamlarning iş yoki jamiyatga munosabatiga boğliq.

3-muammo. Ösmirlar

Bu tajribani biz bir yil ilgari ötkazgandik. Ikki ösmirni sigaretalar sotiluvçi beş dökonga yöllaganmiz. Dökonlardan faqat bittasigina ularning voyaga yetmaganini inobatga olib, sigareta sotişni rad etgan. Birorta dökonda ösmirlardan pasport söralmagan.

Boşqa bir kuni 13 yoşli bolani dökonga yuborib, "otasi uçun" bir paçka sigareta sotib olişni söradik. Afsuski, ortiqça gap-sözsiz bolaga sigareta sotilgan...

4-muammo. Muqobil variantlar

Çekişni taşlaşning eng yaxşi usuli - muqobil variantga ötiş. Sport, pista va albatta, tibbiyot. Ba'zi preparatlar dorixonalarda sotiladi, ammo çekuvçilarning fikriça, ular u qadar samarali natija bermaydi.

Çet el dori vositalari samarali hisoblanadi, biroq ular qimmat. Ularni faqat internetdan topiş mumkin. Bir paçkasi kamida 120-150 ming söm, lekin bu faqat bir haftaga yetadi.

Köp tibbiyot xodimlari şuningdek xandon pistalar, turli yonğoqlar va boşqa mahsulotlarni tavsiya qilişadi.

"Bu mahsulotlarning narxini eşitib, çekişni taşlamaslikni ma'qul köraman", - deydi çekuvçilardan biri hazillaşib.

Foto: Fotolia

Şunçaki vijdonan yondaşing

Restoran menejyeri muassasada bolalar ötirganini körib turibdi. Nahotki, restoranni "çekilmaydigan zona"ga aylantiriş qiyin bölsa?!

Sotuvçi qarşisida voyaga yetmagan bola turganini körib turibdi. Yöq deyiş şunçalik qiyinmi?!

Fikrimizça, bugungi kunda davlat vaziyatni hisobga olib va tahlil qilib, "yumşoq" siyosat yuritmoqda. Şunday ekan, yoningizga "qamçi" bilan kelişsa, xafa bölmang. Hamma narsaning çegarasi bor, işoning. Şunçaki, vijdonan yöl tuting.