Miçigan universiteti olimlari har qanday yoşda ham tamaki çekişdan voz keçiş inson soğliği uçun foydali va umrni uzaytirişini aniqladi. Bu haqda American Journal of Preventive Medicine (AJPM) ilmiy jurnalida e’lon qilingan maqolada söz boradi.
Tamaki tutuni tarkibida minglab zaharli moddalar mavjud bölib, u tananing deyarli barça organlariga zarar yetkazadi va saratonning köplab turlarini, insult, yurak va öpka kasalliklarini keltirib çiqaradi.
Mutaxassislar 35 yoşdan 75 yoşgaça bölgan insonlar örtasida 10 yillik muddat bilan çekişning umr davomiyligiga ta’sirini örganib çiqdi. Tadqiqotçilar turli yoşda çekişni taşlaşning afzalliklarini körsatadigan inson umri davomiyligi jadvallarini tuziş uçun çekiş bilan boğliq barça ehtimoliy ölim holatlarini inobatga oldi.
Natijalarga köra, 65 yoşida çekişni taşlagan insonlarning qariyb 10 foizi bu işni amalga oşirmaganlarga nisbatan kamida sakkiz yilga uzoqroq yaşaydi. Olimlarning ta’kidlaşiça, 65 yoşida tamaki çekişni taşlaganlarning umrini kamida bir yilga uzaytiriş imkoniyati 23,4 foizni,75 yoşda esa 14,2 foizni taşkil etadi.
Bundan taşqari, 75 yoşida çekişni taşlaganlarning 8 foizi umrini çekuvçilar bilan taqqoslaganda kamida tört yilga uzaytiradi.













