Çet tili öqituvçilarining bazaviy lavozim maoşlariga oylik ustama belgilaş uçun test sinovlari 2018 yil 7-8 iyun kunlari bölib ötadi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.
«Test joyi, kuni va vaqtini natijalarini “Şaxsiy kabinet” orqali aniqlaşingiz mumkin», - deyiladi xabarda.
Test sinovi topşiriladigan bino hududiga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin yetib keliş kerakligi aytiladi. Test sinoviga keçikkan yoki kelmagan talabgorlar uçun qöşimça test sinovi ötkazilmaydi.











