23 iyul kuni Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlandi.

Ön kun davomida ötkazilgan test sinovlarida qatnaşişi belgilangan jami 664 609 nafar abituriyentdan 610 000 nafardan ortiği iştirok etgan bölsa, test sinovi topşiriş tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ziyod abituriyent jarayondan çetlatildi.

Test sinovi topşirgan abituriyentlar töplagan ballari asosida test sinovlarining 10-kuni natijalari 24 iyul kuni e’lon qilinadi.

Abituriyentlar 25 iyuldan boşlab, 15 kun davomida - 8 avgustga qadar (şu kuni ham) 2-bosqiç tanlovda iştirok etişlari, bunda ta’lim muassasalarini, ta’lim yönalişlarini, ta’lim ustuvorliklarini va ta’lim şakllarini tanlaşlari mumkin.

Yakuniy natija esa 2-bosqiç tanlov muddati tugagandan keyin bir hafta içida e’lon qilinadi.