AQŞ Şimoliy Koreya vakillari bilan Singapurda 12 iyun kuni bölib ötadigan sammitda, Janubiy Koreyadagi amerikalik qöşinlar sonini kamaytiriş masalasini muhokama qilmaydi. Bu haqda Pentagon rahbari Jyeyms Mettis xabar bergan.
«Janubiy Koreyada amerikalik harbiylarning borligiga doir istalgan muhokamalar - bu Koreya Respublikasi tomonidan taklif etilişga doir masala, xolos. Bu faqat AQŞ va Koreya Respublikasi örtasida muhokama qilinadi. Ular bir qism emas hamda Şimoliy Koreya bilan muzokaralarga umuman aloqadorligi yöq. Bu KXDR bilan muhokama etilmaydi», - deya aytib ötdi Mettis.
Uning sözlariga köra, agarda diplomatlar Şimoliy Koreya tomonidan keluvçi xatarlarga yeçim topa olişsa, unda Amerika qöşinlarining borligi haqidagi masala Vaşington va Seul uçun yangi kun tartibga aylanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pentagonning AQŞ - KXDR muzokaralaridagi örni aytilgandi.












